Ki20-01 guruh talabasi Umurzaqov Javohir Pedagogika psixologiya fanidan mustaqil ish


Download 191.53 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi191.53 Kb.
#1414225

KI20-01 guruh talabasi Umurzaqov Javohir

Pedagogika psixologiya fanidan mustaqil ish



Shaxs
Shaxs- bu jamiyatdagi o`zining rolini anglovchi uning layoqatli a`zosi sifatidagi insonnning psixologik qiyofasidir.
O‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi.
Shaxsning tuzilishi
Shaxs tuzilishining uch tarkibiy qismi mavjud:
1) Shaxs tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi - uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining alohida namoyon bo`lishidir.
2) Shaxs tuzilishining ikkinchi tarkibiy qismi - shaxsning shaxslararo bo`shliqdagi individlararo munosabatlarda, aloqalarda mavjud bo`lishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo`shliqda», «fazoda» namoyon bo`lishdir.
3) Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismi - metaindivid (individning ustki ko`rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko`rsatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan «shu yerda va endilikda» mavjud bo`lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi.
Shaxsning yo’nalishi
Ijtimoiy jarayonida shaxs hayot-faolyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un , barqaror mativlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi. Yo’nalganlikning eng muxim tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi.
Shaxsning yo’nalganligi
Ma`sulyat
Maqsadlar va ideallar
Qiziqishlar va e`tiqod
Mayl
Moyillik
Xohish
Dunyoqarash
Mas’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko`rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko`ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o`zining hayotida ro`y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o`zini tan oladi. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro`y bergan va beradigan voqea, xodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar
Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat xissiga bog`liq yo`nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Maqsad va rejasiz inson — ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o`zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o`rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o`ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu — umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi.
Qiziqishlar va e’tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo`lib, ular shaxsni atrofida ro`y berayotgan barcha xodisalar, olamlar, ularning o`zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to`plash, ularni o`rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo`ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo`nalishiki, unga o`z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi.
Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g`oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o`rin egallashga chorlaydi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir
Mayl u yoki bu darajada oz ifodalangan ehtiyoj oqibatidagi harakat yoki narsaga yo`nalgan, kam differensiyalashgan, aniq bo`lmagan intilishdir. Mayl uchun aniq tushunilgan anglangan maqsadning bo`lmasligi xarakterlidir.
Xohish - yo`nalishning yuksak formasidir. Bunda inson o`zining nimaga intilayotganini, ya’ni o`zining intilishi, maqsadini anglagan bo`ladi.
Moyillik - muayyan faoliyatga intilish. Qiziqish va moyillik asosida ideal shakllanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 191.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling