Kiber makonda mafkuraviy tahdid Kiber terorizm


Download 27.53 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1780775
1   2   3   4
Bog'liq
Missionerlik (2)

O`zbekiston qonunchiligida missionerlik haqida qanday fikrlar bor?
Suhbatimiz yakunida fikrlarimizni qonunchilik bilan mustahkamlagan holda, O`zbekistonda missionerlikka berilgan tavsif bilan tanishtirib o`tamiz.«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi Qonunga ko`ra, missionerlik — aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta`sir o`tkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) o`z diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy ta`limotni tarqatishga doir faoliyatdir. Ushbu qonunda Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil ekanligi hamda missionerlikni amalga oshirishga yo`l qo`yilmasligi qat`iy belgilangan. Masalan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga muvofiq, bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.Jinoyat kodeksiga muvofiq, bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlariga o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq. Xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish islom madaniyatining ezgu-g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.Bir necha diniy ekstremistik oqim va yo‘nalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yo‘nalishlardan biri bu Missionerlik yo‘nalishidir. Missionerlik to‘g‘risida so‘z ochganda, avval uning kelib chikishi va rivojlanishi davriga to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda.
Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling