Kiber makonda mafkuraviy tahdid Kiber terorizm


Download 27.53 Kb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1780775
  1   2   3   4
Bog'liq
Missionerlik (2)


Reja:


  1. Kiber makonda mafkuraviy tahdid

  2. Kiber terorizm

  3. Kiber zuravonlik

Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy - mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin.Keng ma`noda missionerlik (lot. yuborish, topshirish) biror dinni o`z yurtidagi yoki o`zga yurtlardagi g`ayridinlar o`rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati hisoblanadi. Missionerlik - biror dinga e`tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ`ib qilish. Buddizmda miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yoyilgan, Xristianlikda missionerlik 4-asrdan paydo bo`lgan. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovi missionerlik Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (XV-XVIasrlar), o`z faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Yangi erlarni zabt etishda mustamlakachilarga yordam berdi. Katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ`ibot kongregasiyasini ta`sis etdi. Missionerlik 19-asrning uchinchi choragida, imperialistik davlatlar dunyoni bo`lib olish uchun kurash olib borgan davrda ayniqsa aktivlashdi. Xristian missionerlari Afrikada o`z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o`z mamlakatlari siyosatini o`tkazishga katta yordam beradilar.


Missionerlikning geosiyosiy maqsadlari
Shu o`rinda, missionerlik aniq belgilangan siyosiy maqsadlarni amalga oshirishda aksariyat holatlarda yovuz va buzg`unchi g`oyalarini ko`zlayotgani oydinlashmoqda. Mazkur harakatlar oqibatida iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolgan davlatlarga “beg`araz” yordamning ko`rsatish niqobi ostida ayrim mustaqil davlatlarning ichki ishlariga ochiqdan ochiq aralashuvining yashirin ko`rinishi sifatida namoyon bo`lmoqda. Bugungi kunda u yoki bu dinni bayroq qilib dunyoviy tartibotga qarshi yo`naltirilgan radikal harakatlarga qarshi kurash olib borish ko`p qirrali benihoya ziddiyatli fenomen ekanligini inobatga olish zarur. Zero, jahondagi etakchi davlatlar missionerlik harakatlarini yo`naltirish orqali iqtisodiy yordam berish bahonasida aksariyat holatlarda o`zlarining siyosiy shartlarini bajarishga majbur qilish holatlari kuzatilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarga “beg`araz” yordam ko`rsatish orqali o`z siyosiy ta`sir doirasiga olish holatlari tobora oydinlashmoqda. Xususan, diniy vositalar orqali o`zga davlatlarning ichki ishlarga aralashish bilan bir qatorda, kuchli davlatlarning kuchsiz davlatlarga nisbatan siyosiy bosimini tajovuzkorlik harakatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, jahondagi etakchi davlatlarning dunyo zaxiralarining egallash va nazorat qilishda mafkuraviy hujum quroli sifatida missionerlikdan foydalanayotganligi kuzatilmoqda. Bugungi kunda missionerlik natijasida ayrim mamlakatlardagi davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash va ta`minlash holatlari namoyon bo`lmoqda. Dunyoda miqyosida tahlikali vaziyatini tobora avj olishi missionerlik borasida jiddiy fikrlashni taqozo etayotir. Missionerlik oqibatida muayyan hudud va mintaqada katta ma`naviy yo`qotishlar yuz berayotganligi mamlakat miqyosida hukumat boshqaruvida o`zaro qarama qarshi kuchlarning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Mazkur holat, eng avvalo, millatning asriy qadriyatlariga raxna solish orqali xalq va millatning turmush darajasini izdan chiqarish orqali davlat boshqaruvida separatizmning kuchayishi muayyan mamlakat suverenitetiga nisbatan jiddiy xavf solmoqda. XI asr boshlarida missionerlik va prozelitizm g‘oyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka bevosita tahdid ko‘rsatayotgan xatarli g‘oyalardan biriga aylanmoqda. Din, e’tiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targ‘iboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, ma’lum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida o‘rin tutishi mumkin.Shu bois, avvalo missionerlikning lug‘aviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga e’tiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl ma’nosini tushunib yetish muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», «missioner» esa «vazifani bajaruvchi», «missionerlik» esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui ma’nolarini bildiradi.Missionerlik «tabshir» (bashorat berish), «tansir» (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qo‘shilganlarga «siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz» deb, ularga «xudoning bolalari», «muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar» kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa o‘z saflarida tutib turmoqda.Missionerlik bilan bevosita bog‘liq “prozelitizm” tushunchasi esa, yunoncha — rgosyelitos — yangi mazhabni qabul qilgan kishi, ya’ni boshqa mazhabdagilarni, avvalo, musulmonlarni xristianlikka kiritish, ya’ni o‘ziga xos «salb yurishi».Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo‘li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o‘tkazish bo‘lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor din sifatida targ‘ib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informasion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi.Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsak, turli manba va adabiyotlarda bayon etilgan ta’riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshashdir. Umuman olganda «missionerlik» — bu bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar, elatlar, millatlar orasida boshqa bir dinni har xil ijtimoiy vosita va omillar orqali targ‘ib qilish va singdirishga qaratilgan xavfli siyosiy faoliyatdir. Chunki uning bugungi kungacha bo‘lgan davrdagi yashirin mohiyati xavfli siyosiy faoliyat ekanligini ko‘rsatib, bir qancha davlatlarda yillar davomida siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan.Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular o‘z tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam ko‘rsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi joylashgan bo‘lib chiqmoqda.Missionerlarning ko‘zlagan maqsadlari faqat siyosiy bo‘lib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo‘ljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, an’anaviy musulmon bo‘lib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli ma’naviy tarixiy ildizi bir xil bo‘lgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik.
Ikkinchidan, yurtimizni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda o‘zlariga muhtoj qilib qo‘yish. Uchinchidan, iloji boricha, ba’zi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda o‘zlariga ergashganlar sonini ko‘paytirib, kelajakda go‘yo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida bo‘linish(separatistik) g‘alayonlarini chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. To‘rtinchidan, «Inson huquqlarini himoya qilish», «Vijdon erkinligini ta’minlash» kabi sirtdan chiroyli shiorlar niqobi ostida oddiy sud-prokuratura organlaridan tortib to davlat rahbari ishlarigacha aralashish va mustaqil davlat boshqaruviga yo‘l qo‘ymaslik. Beshinchidan,jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy bir vaziyatni vujudga keltirish; turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, o‘zlarini go‘yo xalqning himoyachisi qilib ko‘rsatish va xalq «dardi»ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar ko‘rishga majburlash va mana shu yo‘l bilan xalq va davlat orasiga o‘zaro ishonchsizlik ruhini singdirish.Ko‘rib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy da’vatga hech qanday aloqasi bo‘lmay, balki bir mamlakatni o‘zlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir.Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldor bo‘lib, ularning qilmishlari shu nuqtai nazardan baholanishi va chora-tadbirlar ham shunga ko‘ra belgilanishi lozim. Aks holda, biz kelajak avlod uchun kuchli, ozod va obod Vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona va shu bois qator muammolar girdobiga g‘arq bo‘lib, parokandalik, ma’naviy ziddiyatlar avj olgan, zaif va qaram bir o‘lkani taqdim etishimiz ehtimoldan xoli emas!Umuman, hozirgi kunda missionerlik harakati rivojlanishida yangi asr boshida paydo bo‘lgan diniy sektachilikning ham o‘rni katta bo‘lib, sektalar xalqaro nodavlat tashkilotlar sifatida faoliyat yuritayotgani, ularning faoliyati har xil aloqa tizimlari (Internet, telefon, televideniye, radio va boshqa zamonaviy aloqa vositalari) orqali turli xil maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilayotgani, hamda mablag‘larni kerakli joyga yetkazishi uchun qiyinchiliklarning deyarli yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Diniy sektalar va ularning homiylari katta-katta mablag‘lardan u yoki bu mamlakatda korrupsiyani kuchaytirish, siyosiy va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordamlari orqali joylarda o‘z mavqelarini oshirish va ta’sir doiralarini kengaytirishda foydalanmoqda. Missionerlik va prozelitizm globallashuv jarayonida ma’naviy-mafkuraviy tahdid vositasi bo‘lib, avvalo, jahondagi muayyan kuchlarning geopolitik maqsad va manfaatlariga yo‘naltirilgan xolda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma’naviyati, urf-odat va an’analari, milliy mentaliteti diniy ta’limot sifatida shakllangan bo‘lib, missionerlik va prozelitizm xalning milliy o‘zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini fuqarolar ongi – tafakkuriga singdirishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga muhim e’tibor berilmoqda.

Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling