Kiber xavfsizlik asoslari mavzusiga tayyorlagan mustaqil ishi
Qurilma yoki dasturiy vositani noto’g’ri sozlanishi
Download 1.78 Mb.
|
yoldoshaliyeva rohatoy 98-21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchilarning e’tiborsizligi
- Foydalanuvchilarni qasddan qilgan harakatlari
- Turli tarmoqqa qaratilgan tahdidlar
Qurilma yoki dasturiy vositani noto’g’ri sozlanishi.
Xavfsizlik bo’shliqlari odatda tarmoqdagi qurilma yoki dasturiy vositalarning noto’g’ri sozlangani bois vujudga keladi. Masalan, noto’g’ri sozlangan yoki shifrlash mavjud bo’lmagan protokoldan foydalanish tarmoq orqali yuboriluvchi maxfiy ma’lumotni oshkor bo’lishi sababchi bo’lishi mumkin. Noto’g’ri sozlangan qurilma hujumchiga tizim yoki tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi yoki noto’g’ri sozlangan dasturiy vosita ilova yoki dasturiy ta’mindan ruxsatsiz foydalanish imkonini berishi mumkin. tug’ma texnologiya zaifligi. Agar qurilma yoki dasturiy vosita ma’lum turdagi tarmoq hujumlarini bartaraf eta olmasa, u holda u ushbu hujumlarga zaif bo’ladi. Ko’plab qurilmalar, ilovalar yoki brauzerlar xizmatdan vos kechishga undash hujumi yoki o’rtaga turgan odam hujumlariga bardoshsiz bo’ladi. Agar tizimlarda foydalanilgan veb brauzer yangilanmagan bo’lsa, u taqsimlangan hujumlarga ko’proq bardoshsiz bo’ladi. Agar tizimlar yangilanmasa, kichik troyan hujumi foydalanuvchi mashinasini tozalab tashlash uchun yetarli bo’lishi mumkin. Foydalanuvchilarning e’tiborsizligi. Eng oxirgi tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborsizligi tarmoq xavfsizligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Inson harakatlari natijasida ma’lumotni yo’qolishi, chiqib ketishi kabi jiddiy xavfsizlik muammolari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari hujumchilar foydalanuvchilar haqida ma’lumotlarni to’plashda ijtimoiy injineriya texnologiyalaridan foydalanadilar. Foydalanuvchilarni qasddan qilgan harakatlari. Xodim ishdan bo’shab ketgan bo’lsada, taqsimlangan diskdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. U mazkur holda tashkilot maxfiy axborotini chiqib ketishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bu holat foydalanuvchilarni qasddan qilgan harakatlari sifatida qaraladi. Turli tarmoqqa qaratilgan tahdidlar: Tarmoq xavfsizligini buzulishini biznes faoliyatga ta’siri: Biznes faoliyatning buzilishi. Biznesda ixtiyoriy hujum biznes jarayonlarni to’xtab qolishiga olib keladi. Xavfsizlikdagi buzilish muhim biznes va foydalanuvchi ma’lumotlarini yo’qolishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning yo’qolishi. Tarmoq asosida biznes faoliyat yuritadigan tashkilotlarda tarmoqning buzilishi ishlab chiqarishning yo’qolishiga olib keladi. Hujum natijasida ishlab chiqarishi yo’qolgan hollarda uni qayta tiklash ko’p vaqt talab qiladi va bu vaqt davomida ishlab chiqarish to’xtab qoladi. Maxfiylikni yo’qolishi. Konfidensial axborotni chiqib ketishi natijasida, tashkilot shaxsiy ma’lumotlari yo’qolishi va bu hodisa tashkilot uchun jiddiy muammo bo’lishi mumkin. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling