Kiberhuquq va kiberetika
Download 3.78 Mb.
|
kkkkhe
Taqrizchilar:
Аxmedova O.P “UNICON.UZ” DUK FTMTM “Аxborot xavfsizligi va kriptografiya” ilmiy – tadqiqot boʼlimi boshligʼi, t.f.n. Samarov X.K Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU «Аxborot xavfsizligini taʼminlash» kafedrasi dotsenti, t.f.n. Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022 y. KIRISH Uslubiy koʼrsatma O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirish sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, kiberhuquq va kiberetika sohasida xalqaro qonunchilik, intellektual mulk himoyasi boʼyicha bilimlarni rivojlantirishga yordam beradi. Natijada talabalar Internet etikasi, kibermojaro etikasi, kiberhuquq sohasiga oid milliy,Yevropa va AQSh standartlari, kiberbullinga qarshi kurashish usullari boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼladilar. " Kiberhuquq va kiberetika " kursi ixtisoslik boʼyicha fan boʼlib, 3-oʼquv yilida oʼqitiladi. Ushbu kursni oʼrganish uchun "Kiberxavfsizlik asoslari", "Tarmoq xavfsizligi" kabi axborot xavfsizligi bilan bogʼliq fanlar boʼyicha bilim va koʼnikmalar talab etiladi. Oʼquv predmetining maqsadi talabalarni axborotni muhofaza qilishning tashkiliy va texnik usullaridan foydalangan holda korxonaning maxfiy maʼlumotlarini himoya qilish boʼyicha bilimlarini shakllantirish, shuningdek, axborotni muhandislik va texnik muhofaza qilish muammolarini yoritib berishdir. Uslubiy koʼrsatma amaliy ishlarining mavzusi, ishning maqsadi, amaliy ishlarning tartibi, amaliy ishlar uchun topshiriqlar va nazorat savollari kabi tarkibiy qismlardan iborat. Oʼquv semestri davomida talabalar amaliy ish koʼrsatmalariga asosan topshiriqlarni bajarish va yozma hisobotlarni topshirishlari shart. Amaliy ish mavzusidan qatʼi nazar, har bir ish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʼlishi kerak: Sarlavha (titul) qismi Ishning mavzusi va maqsadi. Asosiy qism. Xavfsizlik savollariga javoblar Adabiyot Download 3.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling