Kiberxavfsizlik asoslari fanidan Autentifikatsiyalash faktorlari. Eri yordamida autentifikatsiyalash mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.99 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15 610 so‘mni
- Foydalanilgan adabiyotlar X.K. Aripov, A.M. Abdullaev, N.B. Alimova. Elektronika.
Ma’lumotlarni tasdiqlash(8-rasm)
Foydalanuvchi arizadagi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib, «So‘rov yuborish» tugmasini bosadi. Keyin E-IMZO moduli oynasi paydo bo‘lib, parol kiritishni so‘raydi. Maxfiy parol kiritilgach, «OK» tugmasi bosiladi. (9-rasm) Agar parol to‘g‘ri kiritilsa, ariza qabul qilinadi va foydalanuvchi quyidagi mazmunda xabar oladi(10-rasm) Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritilgan telefon raqamga qo‘yidagi mazmunda SMS-xabar keladi (11-rasm) To‘lov Murojaat yuborilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi 8 ish soati ichida uni ko‘rib chiqadi. Ariza yuborilgandan so‘ng sakkiz soat ichida to‘lov qilinishi kerak, aks holda u bekor qilinadi. To‘lov Click, Payme yoki Paynet orqali amalga oshirilishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun to‘lov eng kam ish haqqining 7% — 15 610 so‘mni tashkil qiladi, yuridik shaxslar uchun — 22 300 so‘m (eng kam ish haqqining 10%). 3. Elektron hujjatlarni auentifikatsiyalashdan maqsad. Elektron hujjatlarni auentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan jinoyatkorona xarakatlardan himoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar kiradi: - faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg’unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab qoladi va o’zgartiradi. - maskarad – abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi; - renegatlik – abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada, yubormaganman deydi; - almashtirish – abonent V hujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradiva uni abonent A dan olganman deydi; - takrorlash – abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S takrorlaydi. Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat strukturalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha- muncha zarar yetkazishi mumkin. Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi. Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo’yicha oddiy qo’lyozma imzoga o’xshash bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega: - imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi; - bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish imkoniyatini bermaydi; - imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi. Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh–funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishida bir- biriga imzo chekilgan elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent uchun juft – mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi. Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi. Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi: - raqamli imzoni shakllantirish muolajasi; - raqamli imzoni tekshirish muolajasi. Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo’natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar X.K. Aripov, A.M. Abdullaev, N.B. Alimova. Elektronika. O‘quv qo‘llanma– Toshkent: TATU, 2008, 137 b. Ugryumov Ye.P. «Tsifrovaya sxemotexnika». Sankt-Peterburg «BXV - Peterburg» 2007g. Bezugmov D.А., Kalenko I.V. «Tsifroviye ustroyistva i mikroprotsessoriy». Rostov na Donu 2006 g. Babich N.P., Jukov I.А., «Osnoviy tsifrovoy sxemotexniki» Moskva, DMK, Press-2007 g. Yu.F. Opadchiy, O.P. Gludkin, A.I. Gurov. Analogovaya i sifrovaya elektronika. – M.: Goryachaya liniya – Telekom, 2003. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling