Kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish usullari
Kiberxavfsizlikdagi eng asosiy tahdidlar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Rizayeva Farangiz Xoldorovna
Kiberxavfsizlikdagi eng asosiy tahdidlar
361 Axborot va kiberxavfsizlikka tahdid butun dunyo bo'ylab har soniyada kuchayib, asta-sekin virtual kibermakonga o'tib bormoqda. Bugungi kunda turli korxonalarning texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga hujum qilish ehtimoli hech kimni ajablantirmaydi. Ammo bunday hujumlar kiber-josuslik uchun ishlatiladigan dastlabki razvedkasiz amalga oshirilmaydi. Josuslik atamasining yagona universal ta'rifi mavjud bo'lmasa- da, u razvedka ma'lumotlarini yig'ish usuli sifatida ta'riflanadi: xususan, “inson manbalari (agentlari) yoki texnik vositalardan foydalangan holda, odatda ommaga ochiq bo'lmagan ma'lumotlarni olish jarayoni”. Masalan, kompyuter tizimlariga buzib kirish orqali (Buyuk Britaniya MI5 xavfsizlik xizmati, n.d.). Bundan tashqari, "kuzatuv ma’lumotlari" atamasining ta'riflari shunchalik ko'pki, bu atamaga ta'rif berishni so'ragan mutaxassislar mavjud. [1] “Axborot urushi” degan atama ham mavjud bo’lib, uning oddiy urushdan farqi shundaki, unda puxta tayyorlangan axborot qurol vazifasini bajaradi. Hech bir xavfsizlik tizimi ma'lumotlarni himoya qilish uchun 100% kafolat bera olmasligini tushunish muhimdir. Va bu muammo, afsuski, har yili yanda kuchaymoqda. Pandemiya davrida tashkilotlarda qoʻllanilgan himoya vositalari oʻzgarmadi. Bu vaqtda yangi himoya vositalarini joriy qilish uchun vaqt yo'q edi, lekin eng muhimi, ularga qiziqish bor edi. Maxfiylik endi faqat tartibga rioya qilish masalasi bilangina cheklanib qolmaydi. 362 2-rasm. Tashkilotda qo'llaniladigan himoya texnologiyalari Kiberxavfsizlikni ta'minlash masalasi muhim va murakkab jarayondir. To'liq va ishonchli kiberxavfsizlikni faqat kompleks va tizimli yondashuv qo'llanilganda ta'minlash mumkin. Kiberxavfsizlik tizimi barcha mavjud tahdidlar va zaifliklarni, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarni hisobga olgan holda qurilishi kerak. Shuning uchun har kuni va kechayu kunduz ishlashi kerak bo'lgan doimiy monitoringni qo'llab-quvvatlash muhimdir. Ma'lumotlarning hayotiy ssiklining har bir bosqichida, uni olingan paytdan boshlab va uning ahamiyatini yo'qotishi yoki ma'lumotlarning yo'q qilinishi bilan yakunlanadigan nazoratni ta'minlash zaruriy shartdir. Yuqori darajali integratsiyalashgan axborotni himoya qilish tizimidan foydalanish, albatta, individual kiberxavfsizlik usullarini qo'llashdan ko'ra samaraliroqdir. Ya'ni, kiberxavfsizlik diqqat qilish kerak bo'lgan muhim sohadir. AABT (avtomatlashtirilgan axborot - boshqaruv tizimi) axborot resurslarini har tomonlama himoya qilish murakkab va mas'uliyatli vazifadir. Shuning uchun, AABTni himoya qilishga qo'yiladigan yuqori talablar sharoitida uning resurslarini ko'p darajali himoya qilish qo'llaniladi, uning umumiy modeli 3-rasmda ko'rsatilgan. Nazoratsiz hudud darajasi Nazorat qilinuvchi hudud darajasi AABT joylashuv hududi AABT resurslari 363 3-rasm. AABT (avtomatlashtirilgan axborotni boshqarish tizimi)ning axborot xavfsizligi darajasining tuzilishi Manba : Адильбекова А.К. Молдакалыкова А.Ж. Утепова Э.У. Разработка моделей и методов выбора средств защиты в многоуровневой системе безопасности в автоматизированных информационно - управляющих системах (АИУС) 1 . Asosiy kiber tahdid bu - sun'iy qasddan qilingan tahdidlardir. Biznesning barcha sohalarini tobora ortib borayotgan kompyuterlashtirish va elektron bitimlar sonining ko'payishini hisobga olgan holda, bu tahdidlar ham jadal rivojlanmoqda. Yashirin ma'lumot olish va kompaniyalarga zarar yetkazish usullarini qidirishda tajovuzkorlar zamonaviy texnologiyalar va dasturiy yechimlardan faol foydalanadilar. Ularning harakatlari to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy yo'qotishlar yoki intellektual mulkni yo'qotish shaklida jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Amaldagi dasturlarga qarab, kiberxavfsizlik himoyasi quyidagi turlarga bo'linadi: Tashkiliy. Tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik tusdagi chora-tadbirlar va vositalar to'plami. Birinchisi, Qonunchilik va me'yoriy hujjatlar, tashkilotning mahalliy normativ hujjatlari. Ikkinchi tur-bu ob'ektning axborot infratuzilmasiga xizmat ko'rsatish choralari. Apparat (texnik). IT infratuzilmasiga kirishdan himoya qiluvchi maxsus uskunalar va qurilma. Dasturiy. Axborotni himoya qilish, boshqarish, saqlash uchun mo'ljallangan maxsus dasturiy ta'minot. Dasturiy va apparat. Ma'lumotlarni himoya qilish uchun dasturiy ta'minot o'rnatilgan maxsus uskunalar. Bugungi kunda eng keng tarqalgani axborotni himoya qilish uchun dasturiy vositalardir. Ular samaradorlik va dolzarblik talablariga to'liq javob beradi, muntazam yangilanadi, sun'iy xarakterdagi haqiqiy tahdidlarga samarali javob beradi. Zamonaviy tarmoqlarda ma'lumotlarni himoya qilish uchun keng ko'lamli maxsus dasturiy ta'minotdan foydalaniladi. Ular orasida dasturiy ta'minotni himoya qilish vositalarining quyidagi turlarini ajratib ko'rsatilishi mumkin: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling