Kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish usullari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Rizayeva Farangiz Xoldorovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
359 KIBERXAVFSIZLIK TAHDIDLARINING OLDINI OLISH USULLARI Rizayeva Farangiz Xoldorovna Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqola kiberxavfsizlikni ta'minlashning dolzarb muammosiga bag'ishlangan bo'lib, unda kiberxavfsizlikda mumkin bo'lgan tahdidlar ko'rib chiqiladi, kiberxavfsizlik tushunchasi ochib beriladi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot-boshqaruv tizimining axborot resurslarini har tomonlama himoya qilish orqali kiberxavfsizlikni ko'p darajali himoya qilish bo'yicha tushuntirishlar berilgan, tahdidlarning oldini olish usullari tavsiflangan. Kalit so'zlar: Kiberxavfsizlik, tahdid, kiber muhit, kiber fazo, axborotning oshkoraligi, zararli dasturlar, DLP, VPN, ma'lumotlarni himoya qilish, kiber urushlar. Zamonaviy dunyoda kiberxavfsizlikni ta'minlash muhim tushuncha bo’lib, jiddiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Har bir inson "axborotga ega bo'lgan, dunyoga ega"degan so'zni eshitgan bo’lishi aniq. Shunga asoslanib aytish mumkinki, raqobatchilar haqida ma'lumotga ega bo'lgan kishi ularga qarshi kurashda misli ko'rilmagan afzalliklarga ega. Axborotga ruxsatsiz kirish va ma'lumotlar tarqalish ini oldini olish bilan bog’liq muvaffaqiyatli kurashning kaliti bu - axborotning chiqib ketish kanallarini aniq bilish va himoya qilishdir. Ushbu maqolada kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini olish usullari keltirilgan. Kiberxavfsizlik tahdidlari – axborotni himoya qilish holatining buzilishiga olib keluvchi turli tadbirlardir. Boshqacha qilib aytganda, bu axborot yoki kiber muhitga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan hodisalar, jarayonlar yoki harakatlardir. Kiberxavfsizlikning maqsadi ma'lumotlarni himoya qilish, shuningdek axborotga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday zararli ta'sirlarning oqibatlarini (o'chirish, o’zgarish, nusxa ko'chirish, uchinchi shaxslarga uzatish va h.k.) bashorat qilish, oldini olish va kamaytirishdan iborat. Himoya usullari kibermakonni tasodifiy yoki zararli, tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishi kerak bo'lgan vositalar, choralar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Turli tasniflash usullariga qarab, barcha mumkin bo'lgan kiberxavfsizlik tahdidlarini quyidagi kichik guruhlarga bo'lish mumkin: firibgarlik; axborotning sizib chiqishi; 360 ruxsatsiz kirish; kiruvchi kontent; ma'lumotlar yo'qolishi; kiber urushlar. 1-rasm. Kiberxavfsizlik tahdidlari turlari 1-rasmdan ko'rinib turibdiki, eng katta xavf axborotni o'g'irlashdir, bu eng katta ulushni tashkil etadi, ya'ni kiberxavfsizlik tahdidlarining barcha turlarining 64%i. Axborot sizib chiqishi qasddan va tasodifan bo'lish mumkin. Apparat, dasturiy ta'minot va xodimlarning xatolari tufayli tasodifiy chiqishlar yuz beradi. Qasddan axborotning sizib chiqishi, oʻz navbatida, maʼlumotlarga ega boʻlish, zarar yetkazish maqsadida qasddan tashkil etiladi. Ma'lumotlarning yo'qolishini kiberxavfsizlikning asosiy tahdidlaridan biri deb hisoblash mumkin. Axborotning yaxlitligini buzish uskunaning noto'g'ri ishlashi, xodimlar yoki buzg'unchilar tomonidan bo'lishidan qat'i nazar, odamlarning qasddan qilingan harakatlaridan kelib chiqishi mumkin. 64% 52% 45% 43% 36% 21% 18% 15% 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% Axborot o'g'irlash Xodimlar e'tiborsizligi Zararli dasturlar Uskuna va dasturiy ta'minotdagi nosozlik Moliyaviy firibgarlik Xakerlik hujumlari Spam Sabotaj Axborot o'g'irlash Xodimlar e'tiborsizligi Zararli dasturlar Uskuna va dasturiy ta'minotdagi nosozlik Moliyaviy firibgarlik Xakerlik hujumlari Spam Sabotaj Foiz 64% 52% 45% 43% 36% 21% 18% 15% Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling