Kiberxavfsizlikni ta’minlash – davr talabi!


Download 60.93 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi60.93 Kb.
#1520285
Bog'liq
Maqola-2

Kiberxavfsizlikni ta’minlash – davr talabi!


Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot tarmoqlarining o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.
Muammolar tahlili:
Insidentlarning 69 foizi O‘zbekistondagi xosting-provayderlarida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan, qolgan 31 foizi xorijiy davlatlardagi xosting-provayderlaridagi saytlarga tegishli. 80 ta holatga nisbatan tekshirish ishlari olib borilib, aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan, qolgan 188 ta holat veb-sayt egalari tomonidan mustaqil ravishda bartaraf etilgan. Kibermakonda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga kodda xavfsizlik xatolari mavjud bo‘lgan kontentni boshqarish, eskirgan versiyalar bilan ishlash, kirish parollarining osonligi, xavfsiz bo‘lmagan manbalardan yuklab olingan shablonlar, viruslar bilan zararlangan kompyuterlarda veb-saytlarni boshqarish kabilar sabab bo‘ladi.

“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
15 mart kuni «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 25 fevral kuni qabul qilingan, Senatda 17 mart kuni ma’qullagan. 40 ta moddadan iborat mazkur qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib, 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuchga kiradi.
Kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa ko‘plab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan. (3-modda)
Kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik hisoblanadi. (4-modda)
Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq, xalqaro kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga doir axborotni chet davlatlarga va xalqaro tashkilotlarga so‘rov bo‘yicha taqdim qiladi. Agar bunday axborot tergov va sud jarayonlariga to‘sqinlik qilmasa hamda kiberhujumlarga barham berishga xizmat qilsa, vakolatli organ uni xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga oldindan so‘rovsiz ham berishi mumkin. (36-modda).
Bu tahlillar kiberxavfsizlik masalasining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi, boisi dasturiy zaifliklar buzg‘unchiga axborot tizimi yoki veb-sayt, shuningdek, fayl va ma’lumotlarga masofadan kirish, fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kiberxavfsizlik choralari bu kabi holatlarning oldini oladi.
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni amalga oshirish orqali belgilanadi. Bu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirish mumkin.
Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga asos bo‘ladi.

Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling