Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
386
O‘QITUVCHI MAHORATINI OSHIRISHDA TA’LIMNING
SAMARALI METOD VA SHAKLLARIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
Shodmonova Munira Burxonovna,
munira
100@mail.ru
,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU,
Amaliy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Maqolada adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatlarini
tashkil etishga
ijodiy yondashish, mustaqil bilim o‘rganish ko‘nikmalarini
rivojlantirish kabi
masalalarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, maktab adabiyot o‘qituvchilarining
kasbiy mahoratlarini oshirish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berilgan.
• В стате обращено внимание на вопросы
индивидуалного получения
знаний и творческого подхода в организатсии профессионалной деятелности
учителей литературы. Также данны практические советы повышения
профессионалного мастерства школных учителей литературы.
• In the article it nas paid attention on questions
of Individual getting of
knavledge and creative approach in organization of professional activity by teachers’
of literatuve. Also it nas given practical advice of increasing professional skills of
schod literature teachers.
Kalit so‘zlar: mahorat, texnologiya, metod, shakl, trening, dars,
dasturlashtirilgan ta’lim, taqdimot, ijodiy muhit.
Yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ijtimoiy
hayot
qiyinchiliklarini
mustaqil
yenga
olishlarida
maktab
adabiyot
o‘qituvchilarining o‘rni za roli beqiyosdir. Shu bois adabiyot o‘qituvchilarining
maktabda adabiyot darslarini tashkil etishida samaradorlikka erishish imkoniyatini
beruvchi
pedagogik, metodik shart-sharoitlarni tadqiq etish va ularning kasbiy
malakalarini oshirish imkoniyatini baholash maqsadga muvofiq. Zero,
har bir
o‘qituvchi o‘z mutaxassislik fani bilan bir qatorda o‘zining pedagogik, psixologik
hamda metodik bilimlarini doimiy ravishda izchil boyitib borishi, shuningdek, komil
inson va malakali mutaxassisni tayyorlashdek umummilliy maqsadni amalga
oshirish yo‘lida alohida faollik ko‘rsatishga intilishi zarur.
Maktablarda sog‘lom
ijodiy muhitni yaratish, sog‘lom avlodni ma'naviy
barkamol etib tarbiyalashda faol ishtirok etuvchi adabiyot o‘qituvchilarining o‘z
ustida muntazam ishlashlari va kasbiy malakalarini ijtimoiy-pedagogik. metodik
talablarga muvofiq doimiy ravishda oshirib borishlarida
malaka oshirish tizimi
alohida o‘rin tutadi.