Kichik biznes faoliyatini tashkil etish


Download 139.66 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi139.66 Kb.
#1451338
  1   2   3   4
Bog'liq
siroj


Namangan muhandislik-texnologiya instituti Iqtisodiyot fakulteti 23D-21 guruh talabasi Panjiyev Sirojiddinning “ Kichik biznes faoliyatini tashkil etish” mavzusidan yozgan maqolasi.

Anostatsiya


Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so‘ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Prеzidеnt I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun tanlangan yol to‘griligi va tamoyillarini ta'sirchanligi hayot sinovlarida tеkshirilib, o‘z isbotini topdi. Hozirgi kunda mazkur tamoyillarni amalga oshirish natijasida, O‘zbеkiston Rеspublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlari kеng joriy etilib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va sеzilarli iqtisodiy o‘sish amalga oshirilmoqda. Xususiy sеktorni kеngaytirish, kichik biznеs, fеrmеr xo‘jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik(biznеs)ning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi 35,6%ni tashkil etdi. Bunga kоp jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun qulaylik, imtiyoz va krеditlar tizimini shakllantirish tufayli erishildi.
Kalit so’zlar: Kichik biznes, Tadbirkorlik, YaIM, Eksport, Import, Kichik korxonalar,Subsidiyalar, Soliq, Bozor,


Kirish
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida kichik biznes faoliyatiga juda katta etibor qaratilyapti. Kichik biznes faoliyatini tashkil etishda ko’rilayotgan islohotlar joriy yillarda o’z aksini topmoqda. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va davlatimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanishi kichik biznesga tashabbus ko’rsatish, uni rag’batlantirishga qaratilgan bir qancha qonun, farmon, va qarorlar qabul qilindi.Shu jumladan yaqin yillarda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlariga rivojlantirish maqsadida bir qancha keng ko’lamdagi imtiyozlar berilmoqda.

Download 139.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling