Kichik biznes va tadbirkorlik fanidan Mustaqil ish Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari


Download 66.99 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi66.99 Kb.
#1686464
  1   2   3
Bog'liq
Suyunov Sardor1

Mavzu: Yirik biznes subektlari yirik biznisning sifatli shaharlarni tashkil etish

Reja:

1. Yirik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish .

2. Ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari.

3. Yirik biznes va tadbirkorlik subyektlarida audit.

4. Yirik biznes va tadbirkorlik subyektlarida auditorlik taftishini o`tkazish.

Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida«gi qonuniga muvofiq, davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar to‘laydilar. Soliqlar byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosa-batlar soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliqlar, avvalo, davlatning vazifalarini moliyaviy mablaglar bilan ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi.

Davlat oldida turgan umumiy-ijtimoiy zaruriy vazifalarga hozirgi sharoitda quyidagiiar kiradi: — aholining kam ta’minlangan tabaqalari (talabalar, pensionerlar, nogironlarva boshqalar)ni ijtimoiy himoya qilish; — mamlakat mudofaasini ta’minlash; — mamlakat fuqarolarining tinch mehnat qilishi va erkin yashashi muhofazasini ta’minlash; — mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlar (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni amalga oshirish; — xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni o ‘rnatish; — bozor infratuzilmasini yaratish va hokazo.

Amaldagi qonunchiliklarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig`imlar amal qiladi:

— umumdavlat soliqlari;

— mahalliy soliq va yig`imlar.


Umumdavlat soliqlarga quyidagiiar kiradi:
— yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i;
— jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
— qo‘shilgan qiymat solig‘i;
— aksiz solig‘i;
— yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
— SUV resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliq va yig`imlarga quyidagiiar kiradi:
— mol-mulk solig‘i;
— yer solig'i;
— avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
— savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan,
ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya
yig`imlari;
yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun
yig‘im;
— avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im;
— obodonchilik ishlari uchun yig‘im;
— ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig‘im;
— boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yig‘imlar.
Soliq nimaga olinsa, o‘sha narsa soliq obyekti bo‘ladi.
Soliq obyekti 3 guruhga bo'iinadi:
  • Tovar aylanmasi;
  • daromad;
  • mulk.

Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me'yori soliq stavkasi deb yuritiladi.
Soliq stavkalari:
  • Proporsional;
  • Progressiv;
  • Regressiv ko'rinishlarda bo`lishi mumkin.


Download 66.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling