Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish
Download 22.77 Kb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishtirishni takomillashtirish
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish. Reja 1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. 2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes- rejaning ahamiyati. 4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish yo’llari. 5. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning maqsadi va vazifalari 1.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Bozor iqtisodi amal qilgan sharoitda faoliyat ko'rsatuvchi kichik biznes sub'ektlari o'zining joriy va istiqboldagi strategiyasini aniq tasavvur etishi kerak, chunki bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni va o'ylanmay qilingan hatti- harakatlarni kechirmaydi. Kichik biznes faoliyati boshqaruvchisi biron bir faoliyatni boshlashdan avval uni qanday boshlash kerak, bu biznes faoliyati natijasida nimaga erishadi, uni qaysi yo'l bilan amalga oshirish haqida fikr yuritadi. Biznesni qanchalik barqaror bo'lishini xohlasalar, shunchalik uzoq muddatga mo'ljallangan dasturul- amalga ega bo'lishlari lozim. Masalan, Massasuches shtati (AQSH) da joylashgan "Kids at large" firmasi tashkil topganda, strategik rejasining asosiy maqsadi- bozorda "bozorda o'z iste'molchisini" topish edi.Ular AQSHdagi har to'rt boladan biri og'ir vaznliligini hisobga olgan holda, 4-14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kiyim- kechak chiqarishni oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Reklama yaxshi natijalarni ko'rsatdi, chunki og'ir vaznli bolalarning ota-onalari kiyim topishga qiynalar edi. "Kids at large" firmasining strategiyasi- an'anaviy va ulgurchi chakana korxona tarmoqlaridan foydalanmay, pochta buyurtmalari dasturi orqali butun shtatda savdo qilishdan iborat edi.Yaxshi ishlab chiqilgan biznes strategiyasi natijasida ushbu kompaniya ma'lum vaqtda pochta orqali 130000 ta buyurtma olishga erishdi. Strategik rejalashtirish konsepsiyasining mohiyati kelajakka mo'ljallanganligidadir, iqtisodiyot rivojidagi yuqori darajali noaniqlikni hisobga oladi, ulkan sifatli maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan, boshqaruvga yondashishning variantlari ko'p bo'lishini talab etadi.Oldiga qo'yilgan maqsadlar va erishilgan natijalar o'rtasidagi uzulishni oldindan nazarda tutadi. Strategik rejalashtirishning uzoq muddatli rejadan asosiy farqi shundaki, strategik rivojlantirishda o'tmishda belgilangan rivojlanish tendensiyalaridan foydalanishning imkoni yo'q. Bu yerda barcha marketing xavf xatarlari va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda baholashga alohida o'rin ajratiladi. Kichik biznesda strategik rejalashtirishda iqtisodiy- matematik usullar modellar keng ishlatiladi. Firmaning strategiyasi- umumiy harakatlar rejasi, uning yordamida firma o'z maqsadlariga erishishga intiladi.(maqsadlarga erishish algaritmi). Kichik biznes strategiyasi- firma strategiyasining asosiy qismini detallashtirish, bozordagi faoliyatining miqdor va sifat ko'rsatkichlari hamda yo'nalishlarining yig'indisidan va firma strategiyasini to'liqroq amalga oshirish mumkin bo'lgan marketingning alohida chora-tadbirlariga yo'naltiruvchi prinsipial qarorlaridan iboratdir. Strategik reja- operatsiyalar yig'indisi bo'lib, firma rahbarining nuqtai nazaridan qaraganda ularni bajarish uning strategiyasini amalga oshirishga olib keladi. Taktika qisqa muddatli davrga ( masalan: yil, chorak, oy) ishlab chiqiladi va zarur bo'lganda, biznesning strategik vazifalarini hal qilish maqsadida to'g'irlab chiqiladi. Samarali strategik rejani tuzish quyidagilarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab etadi: firma maqsadini aniq belgilab olish; bozordagi raqobat holatini, distribyutor va mahsulot yetkazib beruvchilar, ularning moliyaviy holatini o'z ichiga oluvchi biznes olib borish shart -sharoitlarini tahlil qilish; biznes faoliyatini va uni ishlab chiqarishga qo'shilib ketishi jarayonini aniq ko'z oldiga keltirish; tashqi xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni, raqobat ustunliklarini ko'rib chiqish. Xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni tekshirish SWOT tahlil deb ataladi va undan kichik va katta biznesni rejalashtirishda foydalaniladi. Kichik biznes korxonasi faoliyatini maqsadi, vazifalari, strategiyasi, uni qanday amalga oshirish va nazorat qilishini ushbu biznesdan keladigan foyda miqdorini belgilaydi. Buni oldinda ko'rib chiqish va rejalashtirish lozim. (6.1 rasm) Kichik biznes korxonasi maqsadi, vazifalari, strategiyasi va nazoratni foyda miqdori bilan bog'liqligi. Rejalashtirishda maqsadni aniq belgilab olish- kichik biznes muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Ma'lumki maqsadlar doimo ma'lum bir cheklanishlar asosida amalga oshiriladi. Ular kichik biznes korxonasi ichidagi va tashqaridan qo'yiladigan cheklanishlar bo'lishi mumkin. Tashqi cheklanishlar qatoriga qonun me'yorlari, inflyatsiya, raqobatchilar, iqtisodiy ustuvorlikni o'zgarishi, aholi daromadlarini o'zgarishi, qarzdorlarning moliyaviy holati va boshqalar kiritilishi mumkin. Ichki cheklanishlarga esa, kichik biznes korxonasi xarajatlari darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing va boshqaruvning holati, turli darajadagi nomuvofiqliklar va boshqalar kiradi.Shuning uchun kichik biznes korxonasi missiyasi, maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish jarayonida uning faoliyatiga ta'sir qiluvchi ko'p sonli omillarni baholash zaruriyati yuzaga keladi. Xulosa qilib aytganda, rejalashtirish- boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri bo'lib, u maqsadni amalga oshirish, rivojlantirishda yo'nalishni belgilash demakdir. Har qanday firma o'z faoliyatini puxta va yaxshi rejalashtirishi kerak, chunki firmaning omon qolishi va foyda ko'rishi shunga bog'liq bo'ladi. Rejalashtirishda maqsadni aniq belgilash, biznes loyihalarini texnik- iqtisodiy asoslash, maslahatchilar xizmatidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.Eng asosiysi kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. 2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes- rejaning ahamiyati. Biznes-reja tadbirkorlar uchun juda muhim va strategik vositadir. Yaxshi biznes-reja nafaqat tadbirkorlarga biznes g'oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan aniq qadamlarga e'tibor qaratishga yordam beradi, balki ularga qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlarga erishishda ham yordam beradi. Agar siz o'zingizning biznes g'oyangizni amalga oshirish uchun strategik rejani tuzib, amalga oshira va amalga oshira olmasangiz, hatto mukammal biznes g'oyalari ham foydasiz bo'lishi mumkin.Agar siz institutsional investorlar va kreditorlardan mablag' to'plamoqchi bo'lsangiz, yaxshi biznes- rejaga ega bo'lish juda qimmatli ekanligini yodda tuting.Siz o'zingiz uchun mukammal hujjatlashtirilgan rejaga ega bo'lishni maqsad qilishingiz kerak.U aniq, o'qish va tushunish oson bo'lishi kerak. Biznes reja yozish uchun to'rtta sabab: 1 Biznesingiz uchun pul yig'ish Potensial investorlar yoki kreditorlar sizga pul berishdan oldin yozma biznes-reja tuzishni xohlashadi. Sizning biznes konseptsiyangizning oddiy tavsifi yetarli emas. Buning o'rniga, muvaffaqiyat ehtimoli va biznesingiz uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli bo'lishi uchun sizga zarur bo'lishini ko'rsatadigan puxta biznes va moliyaviy rejangiz borligiga ishonch hosil qiling. 2 To'g'ri qaror qabul qilish Tadbirkor sifatida biznes rejaga ega bo'lish sizning biznes g'oyalaringiz va strategiyalaringizni aniqlash va ularga e'tibor qaratishga yordam beradi. Siz nafaqat moliyaviy masalalarga, balki boshqaruv masalalariga, inson resurslarini rejalashtirishga, texnologiyaga qiymat yaratish uchun ham e'tibor qaratasiz. 3 Har qanday ehtimoliy bo'lgan zaif tomonlarni aniqlashga yordam berish. Biznes rejaga ega bo'lish sizning g'oyangizdagi mumkin bo'lgan xatolarni aniqlashga yordam beradi.Shuningdek, rejani sizga o'z fikrlari va maslahatlarini beradigan insonlar bilan ham fikr almashishingiz mumkin. Sizga qimmatli maslahatlar berishga imkoni bo'lgan mutaxasislarni aniqlang va ular bilan rejangizni baham ko'ring. 4 O'z g'oyalaringizni manfaatdor tomonlarga yetkazish. Biznes reja - bu moliyaviy institutlar yoki kreditorlardan investitsiya kapitalini ta'minlash uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan aloqa vositadir. Bundan tashqari, odamlarni korxonangizda ishlashga ishontirish, yetkazib beruvchilardan kredit olish va potensial mijozlarni jalb qilish uchun foydalanishingiz mumkin. 3 Biznes- rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati. Biznes rejaning asosiy bo'limlari. Biznes rejani bajarlishini nazorat qilish. Biznes reja turli xil biznesmenlar, tadbirkorlar, korxonalar, firmalar yoki turli xil mulk shakllarida bo'lib turli xil xizmatlarni bajarish, har xil sifatdagi, hajmdagi, turlicha vaqtda maxsus ishlab chiqarishga xohishi bo'lgan xodimlarga nisbatan tadbiq etiladi. Dunyo amaliyoti, biznes reja hamma uchun zarurligini ko'rsatadi. O'z loyihangizni amalga oshirish uchun kimdandir pul olmoqchi bo'lsangiz- bankirlar uchun, investorlar va o'zlarining kelajaklarini va vazifalarini aniq bilmoqchi bo'lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi- sizning o'zingiz uchun biznes reja kerak bo'ladi. Sizning biznes rejangiz qog'ozda biznesingizning o'tgan davrdagi, avvalgi holatini, hozirgi va kelgusi holatini qisqacha aks ettiradi. Endi boshlanayotgan biznesni rejalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi- biznesni sinchiklab rejalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy jihatdan ta'minlashdir. Biznes-reja - faoliyatingizning aniq maqsadi, yo'nalishi va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Biznes ishlari boshlangandan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, muammolar bo'lsa yuzaga chiqariladi, rejaga tuzatishlar kiritib boriladi, shu tariqa biznes to'g'ri yo'lga solinadi. Biznes reja ana shuning uchun ham zarur bo'ladi. Demak, biznes reja hozirgi va kelgusidagi yutuqlarni, o'sishni aks ettiradigan biznes ko'zgudir. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes reja muhim rol o'ynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat'iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha yetti bo'limdan iborat biznes reja eng maqbulidir. Birinchi bo'lim. Biznes rejada 《Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari 》 markaziy o'rinni egallaydi. Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotga bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag' ishlatishni va shu mablag' qancha foyda keltirishini hisob kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo'lishini hisob kitob qilib chiqish lozim. Biznes loyihani amalga oshirishdan oldin shuni e'tiborga olish kerakki, olinadigan foyda omonat bankka qo'yilgan shu miqdordagi mablag' keltiradigan foizdan ko'p bo'lishini ta'minlashi lozim. Biznes reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko'tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar. Ikkinchi bo'lim. 《Biznes rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va ko'rsatkichlari》 umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo'lib, biznes rejaning asosiy g'oya va mazmunining qisqacha ko'rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. Umumlashtiruvchi bo'limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning loyihasi, ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning bir biridan farqi, qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'llari va usullari, loyihani amalga oshirish muddatlari, uni amalga oshirish bilan bog'liq sarf- xarajatlar, kutilayotgan samara va natija, olingan foydani ishlatish sohasi. Uchinchi bo'lim. 《 Tadbirkorning iste'molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi 》 deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko'rsatkichlari yoki uning tavsifi, ta'rifi, modeli, surati va boshqalar, ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste'molchilari va u qoniqtirmoqchi bo'lgan iste'mollar, ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish. To'rtinchi bo'lim. 《 Bozor konyukturasi, talab va sotuv hajmining tahlili》 bo'limida talabni o'rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo'lib, bu bo'limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarni sotilishini vaqt mobaynida belgilab beriladi. Biznes rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo'lajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bo'lgan dastlabki bitimga tayanadi. Ushbu bo'limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini, raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi. Beshinchi bo'lim. 《 Harakat dasturi va tashkiliy chora- tadbirlar 》 bo'lib, bu bo'limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga bog'liq.Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) marketing harakatlari b) mahsulotni ishlab chiqarish v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish g) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin xaridorga xizmat ko'rsatish. Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo'lib, biznes reja bajarilishining boshqaruv uslubini, loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzulmalarini, ijro etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Oltinchi bo'lim. 《 Bitimning resursli ta'minoti 》. Bu bo'limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo'lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma'lumotlar beriladi. Resursli ta'minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, axborot resurslari. Yettinchi bo'lim. 《 Bitimning samaradorligi 》 bu bo'lim biznes rejaning yakunlovchi qismi bo'lib, unda tadbirkorlok faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko'rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko'rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy- texnikaviy samaradorlik ham hisobga olinadi. Ushbu bo'limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Biznes- reja korxonaning muhim hujjati bo'lib, uni tayyorlash ko'p vaqt va xodimlarning ishtirokini talab etadi. Shu sababli biznes rejani ishlab chiqish jarayoni korxona rahbariyati tomonidan ma'lum ma'noda nazorat qilinishini talab etadi. Biznes rejani ishlab chiqarishga rahbarlik qilish mos ravishda javobgarlik va mas'uliyatni ham anglatadi. Bajarilgan hisob- kitoblar, ko'rsatkichlar va biznes reja tarkibining ishonchliligi uchun asosan korxona rahbari javobgar hisoblanadi. Biznes rejani tayyorlashni samarali boshqarishdan uni tayyorlash uchun eng kam vaqt sarflanishi dalolat beradi. Eng optimal variant- rejadagi yangi yil boshiga biznes rejaning tayyor bo'lishidir. 3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish. Texnik-iqtisodiy asoslash. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq korxonani tashkil qilishda korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Texnik- iqtisodiy asoslashga quyidagilarni kiritish lozim: 1 ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlarga bo'lgan talabni taxlil qilish. 2 ishlab chiqarish ko'rsatkichlari: a) talab qilinuvchi konstruktorlik, texnologik va boshqa hujjatlarning mavjudligi; b) ishlab chiqarish dasturi; v) dasturni bajarish zarur bo'ladigan mashina, asbob- uskuna va jihozlarning mavjudligi; g) ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi yoki ularning loyihasi; d) asosiy ishlab chiqarish fondlarining mavjudligi; e) ayrim turdagi mahsulot yoki hizmatlarning samaradorligi; y) amortizatsiya to'lovlarining miqdori; 3 Moliyaviy ko'rsatkichlar: a) mahsulot sotishdan yoki hizmat ko'rsatishdan olinishi mo'ljallangan daromad; b) moddiy va unga tenglashtirilgan boshqa sarf- xarajatlar; v) budjetga o'tkaziladigan to'lovlar; g) sof daromad; d) ish haqi jamg'armasi; g) tashkil etilayotgan boshqa jamg'armalar miqdori. 4 Ijtimoiy ko'rsatkichlar: a) ishchilarning taxminiy soni; b) kutilayotgan ish haqi miqdori; v) bir ishchiga to'g'ri kelayotgan sotish miqdori; Agar korxona yangi tashkil etilgan bo'lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko'rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu bilan birga kutilmagan sarf- xarajatlar uchunmuayyan mablag'larni ajratib qo'yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo'lsa, unda oxirgi ikki uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma'lumotni taqdim etishi lozim. 4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning maqsadi va vazifalari, kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini operativ va strategik tahlil qilish, kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligi tahlili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag' bilan ta'minlash iqtisodiy muammolardan biri bo'lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag'larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo'lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki bu muddat ichida bozor konyukturasi ham, narx- navolar ham, ish haqi to'lovlari ham zimdan oshib boradi.Shuning uchun iqtisodiyot barqaror bo'lmagan sharoitlarda xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag' sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashish ilmiy texnika taraqqiyotining sur'ati eng yuqori bo'lgan va yangi texnologiya va mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo'lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to'g'ri amalga oshirilishiga bog'liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablarga javob berishi, ya'ni u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayon samarasini ta'minlab berishi zarur. Respublikamizda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog'liq. Iqtisodiyotda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o'rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo'g'inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma'lumotlar o'rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo'lga solib turiladi. Fan- texnika yangiliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta'minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo'jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g'oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish zarur. Operatsion tahlil korxonalarning moliyaviy natijalarining sotish hajmi va xarajatlariga bog'liqligini aniqlashga qaratilgan. Bu xarajatlar, hajm, foyda nisbatidan foydalanadi. Shu tufayli ishlab chiqarishning turli hajmlari uchun mavjud xarajatlar va daromadlar o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash mumkin. Operatsion tahlil o'zgaruvchilarning eng foydali kombinatsiyasini topishga intiladi. Ushbu yondashuv kompaniya faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi Operatsion tahlil- xo'jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo'lmagan o'zga xo'jalik faoliyati tahlilidir. Korxonalarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug'ullanadilar. Agar korxonalar qo'shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kiritish mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo'llab- quvvatlashning qo'shimcha qatorlariga mansubdir. Operatsion faoliyatning ustuvorligi shundaki, bunday faoliyat to'liq mijozga yo'naltirilgan bo'ladi. Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko'p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi; - aylanma mablag'lar miqdori; - resurslarni safarbar qilish yo'llari; -moliyaviy mablag'lardan samarali foydalanish usullari; - sarf- xarajatlarni optimallashtirish; - asbob- uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish, - tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymat o'rtasidagi ijobiy farqlanish; - sotish hajmi va rentabellikning o'sishi haqidagi ma'lumotlar. Strategiyaning asosiy xususiyatlaridan biri- tashkilotning o'z resurslari va uning muhiti orasidagi moslikni ta'minlash talabidir. Moslashuv qanchalik yaxshi bo'lsa, kompaniya shunchalik muvaffaqiyatli bo'ladi. Shuning uchun strategik tahlil, bir tomondan korxonaning muhitini tahlil qilish, ikkinchi tomondan esa uning resurslari va imkoniyatlarini tahlil qilishdir. Strategiya kelajakka yo'naltirilganligi uchun, bu tahlilda kelajak muhit jarayonlari ta'siri va tashkilot qanday qilib, ushbu trendlarga moslashishi o'rganiladi. Bir so'z bilan aytganda, strategik tahlil tashkilotning strategik positsiyasini tashqi muhit, ichki resurslar bilan bog'liq. Strategiya korxonaning uzoq muddatdagi yo'nalishi bilan bog'liq bo'lib, resurslarni o'zgaruvchan muhitda tashkil etish orqali raqobat afzalligiga erishishni nazarda tutadi. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. Bozor iqtisodiyotiga o'tish xo'jalik yuritishning oqilona yo'llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida korxona rentabelligini oshirishni anglatadi. Ko'rsatib o'tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishishni ta'minlaydi. Korxona xo'jalik faoliyatining yakuniy natijasi foydani unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga to'g'ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko'payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo'jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to'g'ri yo'nalishda olib borilayotganligidan darak beradi. Download 22.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling