Agar korxona aktsiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bo‘lsa, uning ta’sischilari aktsiyalarni sotib olish uchun unga obuna bo‘lishi lozim. Aktsiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bo‘lganda ta’sischilar kelajakda aktsiyalarga obuna bo‘lish haqida xabarnoma chiqaradi. Xabarnomada aktsiyadorlik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, nizom jamg‘armasining hajmi, aktsiyalarning miqdori va turi, ularning qiymati, aktsiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aktsiyaga obuna bo‘lganlar ta’sis majlisi bo‘lgan kuniga qadar aktsiyalar qiymatining 30 %ini kiritishi lozim. Agar aktsiyalar ta’sischilar o‘rtasida bo‘linadigan bo‘lsa, badal miqdori 50 %dan kam bo‘lmasligi lozim. Aktsiyador barcha aktsiyalarni aktsiyadorlik jamiyati ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng bir yildan kechiktirmasdan sotib olishi lozim. So‘ngra ta’sis majlisi o‘tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak: - aktsiyadorlik jamiyatini tuzish; - aktsiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash; - aktsiyalarga obuna tugagandan so‘ng nizom jamg‘armasimiqdorini aniqlash; - aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash; - jamiyatnin faoliyat yo‘nalishlarini belgilash vaboshqalar. Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli o‘tkazilgandan keyin yangi tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamiyat o‘z faoliyatini yuritishgakirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |