Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga olib keladi. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin. Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zbekiston respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida davlat statistika qo‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |