Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari


Download 16 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi16 Kb.
#1751719
  1   2   3
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ula

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari


Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O`zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy budjetlarga soliqlar to`laydilar.
Soliqlar – bu budjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to`lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat o`rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
Soliqlar, eng avvalo, davlatning vazifalarini moliyaviy mablag`lar bilan ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar va yig`imlar amal qiladi:
- umumdavlat soliqlari;
- mahalliy soliqlar va yig`imlar.
Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i;
- qo`shilgan qiymat solig`i;
- aksiz solig`i;
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliqlar va yig`imlarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulk solig`i;
- yer solig`i;
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig`im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi lisenziya yig`imlari;
- yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro`yxatga olganlik uchun yig`im;
- avtotransport to`xtash joyidan foydalanganlik uchun yig`im;
- obodonchilik ishlari uchun yig`im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig`im;
- va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan yig`imlar.
Mahalliy soliqlar va yig`imlar mahalliy budjetga o`tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, o`sha narsa soliq ob’ekti bo`ladi. Soliq ob’ekti 3 guruhga bo`linadi: oborot, daromad va mulk.
Soliq ob’ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomoni-dan belgilab qo`yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki foizlarda ob’ektga nisbatan qo`l-laniladi.
Soliq stavkalari proporsional, progressiv va regressiv ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling