«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK» fanidan LEKSIYALAR KURSI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI “KORPORATIV BOSHQARUV” KAFEDRASI AZIMOVA FERUZA PAYZIYEVNA 5231900–Korporativ boshqaruv ta’lim yo‘nalishi va 5232900-« Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK» fanidan LEKSIYALAR KURSI TOSHKENT-2019 A N N O T A T S I YA Ushbu leksiyalar kursi 5231900–Korporativ boshqaruv va 5232900-« Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan . Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish va uning asosida aholini, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va yangi ish o’rinlarini yaratish, ishga joylashishga ko’maklashishni tashkil etish, kasbga tayyorlash va yo’naltirish tizimini joriy etish hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu masala O’zbekiston hukumatining ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirayotgan islohotlarida eng ustuvor, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan masalalardan biridir. Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” fanidan ushbu leksiyalar kursi 5231900– “Korporativ boshqaruv” va 5232900-« Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)» yo’nalishi 1-kurs talabalarining tadbirkorlik va biznes sohasida bilimli bo’lishiga, amaliy ko’nikmalarga erishishiga, o’z shaxsiy biznesini ochishda yoki yollanma xodim sifatida ish beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda o’z imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga, yangi ish joyiga muvaffaqiyat bilan moslashishini ta’minlashga yo’naltirilgan. Tuzuvchi: TTYESI “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi Azimova.F.P Taqrizchilar: TDIU, “Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. D.T.Ysupova TTYESI “Korporativ boshqaruv” kafedrasi dotsenti, i.f.n. X.M.Mavlyanberdiyeva TTYESI o’quv uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma “______” _______________dan 2019 yil Leksiyalar kursi TTYESI bosmaxonasida ___ nusxada ko‘paytirilgan. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling