«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4-ma’ruza mashg‘uloti
1.4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy
mamlakatlar tajribasi.
Bizning mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribalariga suyangan holda,
tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta e’tibor berilmokda. Bunda 1999
yilning 14 aprelda Oliy Majlis tomonidan Qabul Qilingan “Tadbirkorlik va
tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini
misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Erkin raqobatga tobora keng imkon yaratish, turli
mulkchilik shakllaridagi bozor sub’ektlar o’rtasida bo‘ladigan iqtisodiy huquqiy
munosabatlarni jahon andozalari darajasida tashkil etish borasida ushbu qonun
muhim ahamiyat kasb etadi.


Mazkur qonunga binoan tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, yakka tartibdagi
tadbirkorlik, birgalikdagi tadbirkorlik sub’ektlarining miqyosi aniq belgilab berilgan.
Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini kafolatlari aniq ko’rsatib o‘tilgan.
Xo’sh, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan davlatlarda qanday
e’tirof etiladi va uning mohiyati nimadan iborat?
AQSHda 500 tagacha hodimi bo‘lgan korxona kichik korxona bo‘lib
hisoblanadi. Germaniya va boshka G‘arbiy Evropa davlatlarida esa, 300 tagacha
xodimi bo‘lgan korxona kichik korxona hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarning ikkita tamoman o’zgacha
turlarga bo‘lish mumkin:
1) hayotni ta’minlovchi korxonalar;
2) tez o’suvchi korxonalar.
Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90 foizi uta kichik bo‘lib, ular o’sish
uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni ta’minlovchi
korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga konsultatsion xizmat
ko‘rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan dukonlar, kafe va shu kabilar kiradi.
Ulardagi xodimlar tulik bulmagan ish kuniga ega bo‘lib, firma manzillari sifatida
tadbirkorlar o’z uylaridan foydalanadilar. Hayotni ta’minlovchi korxonalar kichik
biznes korxonasi bo‘lib, uning egasi etarli turmush darajasini ta’minlash maqsadida
tashkil etadi.
Ikkinchi turdagi korxonalar tez o’suvchi korxonalar deb nomlanadi. Ularning bunday
nomlanishiga sabab, ularning maqsadi tezrok kichik biznes chegarasidan chikib
rivojlanishdir. Tez o’suvchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, ular tezkor
o’sish tendensiyasiga va qo’yilgan sarmoyaning yuqori qaytimligiga hisoblanadi.
Odatda, bunday turkum korxonalarga bir necha kishi rahbarlik kiladi. Tez o’suvchi
korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez yaqinlasha oladilar va buning natijasini
keng bozorda yangi tovarlar va xizmatlarini kiritish imkoniga ega bo‘ladilar.


 Bunday turdagi korxonalarni har yili AQSHda chop etiladigan “Ink” jurnalida e’lon
qilishadi. 1990 yili 500ta shunday kompaniyaning yillik oboroti 9,6 mlrd. dollarga
teng bo’ldi va 56,8 ming ish joyi hosil qildi. 1990 yilda bu ro’yxatda “Konjentriks”
firmasi peshqadamlik egallab, uning asosiy faoliyati “Sharlotta” shahrida (shim.
Korolina shtati) elektrostansiyalarni qurish va ta’minlash bo‘lgan. Ma’lum yillarda
ushbu ro’yxatda “Charlz Shvab” va “Mikrosoft” korporatsiyalari karvonboshilik
qilganlar. Hozirgi paytda ushbu korporatsiyalar yuksak rivojlangan korporatsiyalar
safiga kiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’z kullami jixatdan iqtisodiyotni
uzluksizligini va barqarorligini ta’minlashda katta o’rin egallaydi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotga ta’sir ko’lami bir qator iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy, ma’rifiy va jixatlarni o’z ichiga oladi. Biz faqatgina iqtisodiy jixatdan
muxim bo‘lgan xususiyatlar xususida to’xtalamiz. Bular quyidagilardir:
a) ish joylarini tashkil etishdagi mavqening yuksalishi. O’tgan 10 yil mobaynida
AQSH kichik biznes bo’yicha boshqarmasining axborotiga ko‘ra yangi ish
joylarining yarmidan ko’pi 100 kishidan kam xodim ishlatayotgan korxonalar
xisssasiga to’g’ri keladi. Tez o’suvchi firmalar yangi firmalarning 27 foizi tashkil etib
ular 60 foiz yangi ish joylarini xosil kiliishda katnashmoqdalar. Shu bilan birga
kichik biznes xosil qilingan ish joylarining:
n ish haqqiga qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlarning bir muncha pastligi;
n ish joylarini qariyib 25 foizi noto’liq ish kuni tartibida shakllanadi;
n ularda ishlovchilar tarkibining turli-tumanligi ya’ni ma’lumot dastlab
ishlamaganlar, yosh jixatdan o’rta yoshlar va o’rta yoshdan o’tganlar salmog’ini
ko’pligi bilan ajralib turadi.
b) yangi tovarlar va xizmatlarni tadbik qilish. AQSH milliy fondining xisoblariga
ko‘ra 98 foiz yangi mahsulot xususidagi tadqiqotlar kichik biznesda yaratilgan. Bu
o’ta muhim ko‘rsatkichdir. Eng yirik kashfiyotlar: xavfsiz ustaralar, elektron soatlar,


vertalyotlar, zanglamas po’lat va boshqa tovarlar ko’lami bevosita kichik biznesda
yaratilgan.
v) yirik korporatsiyalar ehtiyojini qondirish. Yirik kompaniyalar mahsulotini sotish,
uni bozor talablari asosida shakllanishiga ko’mak berishda kichik korxonalarning roli
yuqoridir. O’z navbatida yirik rivojlanuvchi firmalar o’z iqtisodiy strategiyalarida
mayda ta’minotchilar bilan aloqa o’rnatishni samarali xisoblaydilar. Chunki ular
moslashuvchanlik xususiyatiga egadir.
g) maxsus tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlash vazifasi. Kichik korxonalar
mijozlarning o’zgacha maxsus extiyojlarini qondirishga yetakchi o’rin egalaydilar.
Chunki 1-dan, maxsus talabning ommaviy tusga ega emasligi va uning yirik ishlab
chiqarishda tashkil etish samarali bo’lmasligi sabab bo’lsa, 2-dan esa, boy
xaridorlarning “o’ziga xos” istaklarini mavjudligidir.
Kichik biznesni tashkil etishda muhim o’rinni firmani barpo etish va uni samarali
sohasini aniq belgilash egalaydi. Shu bilan birga statistika yangi ishni boshlashdagi
ko’p omadsizlikdan dalolat beradi. Ko’pchilik uni 30% miqdorda deydi, chunki 85%
yangi korxonalar 10 yilik dastlabki ishlash davridayoq inqirozga uchraydilar. Shu
bilan birga kayt etilgan kichik firmalarning 40% 5 yildan so’ng o’z ishlarini davom
ettirmoqdalar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Bular quyidagilardir.
1) Korxonalarni yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi. AQSHda yaqin 15-20
yil ichida korxonalarning yiriklashuvi tendensiyasi pasayadi. Bu asosan, xizmat
ko‘rsatish sohasidagi siljishlar bilan bog’lik. Albatta, bu xizmat ko‘rsatish sohasida
faoliyat masshtabini uncha kengaytirish imkoni pastligi bilan belgilanadi. Hozirgi
paytda xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik korxonalar yirik raqobatchilarga nisbatan
ayrim yumushlarini samarali tashkil qila olmoqdalar. Bu birinchi navbatda
boshqarish tizimining soddaligi va ixchamligi bilan bog’liqdir.
2) Ayollar ish kuchining iqtisodga kirib kelishi.


80-yillarning o’zidagina 2 mln. Ayollar o’z ish joylarini ochdilar. Xozir AQSH da 4-
5 korxona ayollarga tegishli bo‘lib, ular mamlakatdagi ja’mi kichik korxonalarning
30 foizini tashkil etadi. Bu tendensiya davom etsa, 2000 yilga borib, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikda ayollar va erkaklar soni tenglashadi.
3) Yirik ishlab chiqarishda xodimlarni qisqarishi.
Bu ayrim jixatdan demografik omillar bilan bog’liq. Jumladan “demografik portlash”
davrida tug’ilganlar hozirgi 30-40 yoshga, ya’ni o’z ishini mustaqil boshlash vaqtiga
yetdilar. Bundan tashqari, yirik korxonalarda ish o’rni uchun kurash, butun
hodimlarning qisqarilishi bevosita kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
4)Yangi korxonalar ochish sur’atining ortishi. AQSHda har yili o’rtacha 200 mingga
yaqin aholi o’zining firmasini ochadi. Ularning yarmidan ko’pi 20 ming dollardan
kam oborot bilan o’z faoliyatilarini boshlaydilar. Ularning qariib 75 foizini o’z
firmalarida 50 soat ishlaydilar, 25 foizi esa, 70 soat va undan ortiq ishlaydilar. Qariib
2/3 kismi yangi biznesni boshlovchilar yangi yoki boshlayotgan kompaniyalar
hisoblanadilar. Ya’ni, ular amalda ishlayotgan korxonalarni sotib olmaganligidan
o’zlari xususiy biznesni boshlaydilar. Ularnig 80 foizidan ortig’i o’z ishlarini o’ta
samarali g’oyani emas balki oddiy ishlarni tartibli hal qilish bilan bog’laydilar.
Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillarni umumiylashtirsak, ular quyidagilardan iborat:
n korxonalar yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi:
n ayollar ish kuchining iqtisodiyotga kirib kelishi;
n yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qiskarishi:
n yangi korxonalarni ochish sur’atining ortishi va boshqalardir.


NAZORAT SAVOLLARI
1. Tadbirkorlik faoliyati qanday rivojlanish tarixiga ega?
2. Xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
3. Xorijiy mamlakatlarda (YAponiya, Fransiya, AQSHlarida) tadbirkorlik faoliyatini
qaysi shaklini rivojlanishi katta ahamiyatga ega va uning sababi nimadan iborat?
4. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyati deganda nimani tushunasiz?
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni ta’kidlab
uting.
6. Sizningcha, tadbirkorlik faoliyatiga yana qanday omillar ta’siri bo‘lishi mumkin?
7. “Biznes” va “tadbirkorlik” so’zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi
nimalardan iboratligini tushuntirib bering.
8. Hukumat tomonidan qanday qabul qilingan qonunlar va Prezident Farmonlari
asosida tadbirkorlikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga qanday
e’tibor berilmokda?



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling