Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
Download 29.15 Kb.
|
^ Strategik rejalashtirish konsepsiyasining mohiyati kelajakka mo‘ljallanganligidadir, iqtisodiyot rivojidagi yuqori darajali noaniqlikni hisobga oladi, ulkan sifatli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, boshqaruvga yondoshishning variantlari ko‘p bo‘lishini talab etadi. Oldiga qo‘yilgan maqsadlar va erishilgan natijalar o‘rtasidagi uzilishni oldindan nazarda tutadi.
Strategik rejalashtirishning uzoq muddatli rejadan asosiy farqi shundaki, strategik rivojlantirishda o‘tmishda belgilangan rivojlanish tendensiyalaridan foydalanishning imkoni yo‘q. Bu yerda barcha marketing xavf-xatarlari va imkoniyatlarini taxlil qilish hamda baholashga alohida o‘rin ajratiladi. Kichik biznesda strategik rejalashtirishda iqtisodiy –matematik usullar modellar keng ishlatiladi. Firmaning strategiyasi-umumiy harakatlar rejasi, uning yordamida firma o‘z maqsadlariga erishishga intiladi (maqsadlarga yetishish algaritmi). Kichik biznes strategiyasi-firma strategiyasining asosiy qismini detallashtirish, bozordagi faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda yo‘nalishlarining yig‘indisidan va firma strategiyasini to‘liqroq amalga oshirish mumkin bo‘lgan marketingning alohida chora-tadbirlariga yo‘naltiruvchi prinsipial qarorlardan iboratdir. Strategik reja-operatsiyalar yig‘indisi bo‘lib, firma rahbarining nuqtai nazaridan qaraganda ularni bajarish uning strategiyasini amalga oshirishga olib keladi. Taktika qisqa muddatli davrga (masalan: yil, chorak, oy) ishlab chiqiladi va zarur bo‘lganda, biznesning strategik vazifalarini hal qilish maqsadida to‘g‘rilab chiqiladi. Samarali strategik rejani tuzish quyidagilarni bosqichma bosqich amalga oshirishni talab qiladi: firma maqsadini aniq belgilab olish; bozordagi raqobot holatini, distribyutor va maxsulot yetkazib beruvchilar, ularning moliyaviy xolatini o‘z ichiga oluvchi biznes olib borish shart –sharoitlarini tahlil qilish; biznes faoliyatini va uni ishlab chiqarishga qo‘shilib ketishi jarayonini aniq ko‘z oldiga keltirish ; tashqi xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni, raqobot ustinliklarni ko‘rib chiqish. Xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni tekshirish SWOT tahlil deb ataladi va undan kichik/katta biznesni rejalashtirishda foydalaniladi. Download 29.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling