Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Download 29.15 Kb.
bet5/8
Sana02.01.2022
Hajmi29.15 Kb.
#183895
1   2   3   4   5   6   7   8
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari

Bozor iqtisodi qonunlari amal qilgan sharoitda faoliyat korsatuvchi kichik biznеs sub'еktlari ozining joriy va istiqboldagi strategiyasi aniq tasavvur etishi kеrak, chunki bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, o’ylanmay qilingan hatti-harakatlarni kechirmaydi.

Har qanday ongli kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lsa, albatta oldindan reja tuzib oladi – qayerga borish, qaysi yo‘l bilan yetib borish haqida o‘ylab ko‘radi. afar qay darajada uzoq davom etsa, reja shuncha puxta tuzilishi lozim.

Xuddi shu kabi, kichik biznes boshqaruvchisi biron bir faoliyatni boshlashdan avval albatta uni qanday boshlash kerak, bu biznes faoliyati natijasida nimaga erishadi, uni qaysi yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligi haqida o‘ylaydi. Biznesni qanchalik barqaror bo‘lishini xohlasalar, shunchalik uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturul-amalga ega bo‘lishlari lozim.

Masalan, Massachuses shtati (AQSH)da joylashgan “Kids at large” firmasi tashkil topganda, strategik rejasining asosiy maqsadi - bozorda “o‘z iste’molchisini” topish edi. Ular AQSHdagi har 4 boladan biri og‘ir vaznli (semiz) ligini hisobga olgan holda, 4-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kiyim –kechak chiqarishni oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Reklama yaxshi natijalarni ko‘rsatdi, chunki og‘ir vaznli (semiz) bolarning ota-onalari kiyim topishga qiynalar edilar. “Kids at large” firmasini strategiyasi - an’anaviy ulgurji va chakana korxona tarmoqlaridan foydalanmay, pochta buyurtmalari dasturi orqali butun shtatda savdo qilishdan iborat edi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes strategiyasi natijasida ushbu kompaniya ma’lum vaqtda pochta orqali 130000 ta buyurtma olishga erishdi.1


Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling