”kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari”


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1541041
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
dissertatsiya 3

III - BOB BO’YICHA XULOSA 
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy
faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, 
ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi 
va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish 
funksiyalarini ta‘minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona 
aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning 
daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim 
ahamiyatga ega. 
2. Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini 
oilaviy biznes sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish 
imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining 


81 
o‘sishi, oilaviy biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, 
sohaning modernizasiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson 
omiliga yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 
3. Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta‘minlashda bandlikka 
ko‘maklashish markazlari faoliyatini tahlil qilish orqali, talab va taklifni o‘rganib, 
mehnat resurslarini o‘sish ko‘rsatkichlari, aholi sonini o‘zgarish darajalari tahlil 
qilindi va shunga asosan tavsiyalar ishlab chiqildi. Bandlikni ta‘minlashda asosiy 
e‘tiborni kollejni bitiruvchilari va yoshlarni ish bilan bandligiga e‘tibor qaratildi. 


82 
XULOSA 
Mazkur dissertasiya bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan quyidagi 
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi:  
1. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
mehnatni to'g'ri tashkil etish personallar mehnatini samaradorlik darajasini 
oshishiga qarab ularga to'lanadigan mehnat haq, ya'ni mehnatga qarab taqsimlash 
yildan-yilga tobora ko'proq ob'ektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini 
chuqurlashtirishga va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga 
bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy 
daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli 
rag'batlantiruvchi kuchi bo'lib qolaveradi. 
2. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang‘ich omillarini tahlil 
qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbob-
uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar, 
uchastkalar ish o‘rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. 
Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga 
qo‘yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim 
kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat 
faoliyatini o‘zgartirish imkoniyatlaridir. 
3 Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan 
biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi 
kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O‘z navbatida ishchi kuchidan 
samarali foydalanish ko‘pincha har xil bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarning ayrim 
ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishga, ya‘ni ularning malakasiga, tajribasiga va 
zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta‘min etilishiga bog‘liqdir. 
4. Kichik biznes sohasida mehnatning xarakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida 
ko‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi 
bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy 
mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini qamrab 


83 
oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib borgan sari 
jonli mexnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat 
ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. 
Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt 
birligi ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham 
hisobga olish zarur. 
5. Tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng 
asosiysi moliyaviy omildir. So‘ralgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi buning uchun 
yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini 
boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor uchun ma‘lum miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. 
Demak, tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini 
oshirish talab etiladi. 
6. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada 
mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi 
va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish 
markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish 
o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta‘minlash maqsadida faol dasturlarni 
ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. 
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy faoliyatiga 
ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo 
bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va 
mehnatga 
haq 
to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish 
funksiyalarini ta‘minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona 
aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning 
daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim 
ahamiyatga ega. 
8. Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish 
muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini oilaviy biznes 
sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga 
keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy 


84 
biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning 
modernizasiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga 
yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 


85 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling