1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot va mehnat sotsilogiyasi
kafedrasi
Mehnat iqtisodiyoti mutaxassisligi bo‘yicha
DISSERTATSIYA
ISHI
”KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SOHASIDA
ISH BILAN BANDLIKNI TA’MINLASHNING ASOSIY
YO’NALISHLARI”
Bajardi: Farxodov J.
Ilmiy rahbar:
dots.Bozorov B.U.
SAMARQAND – 2015
3
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy
sohadagi xizmatlaridan
biri- bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O‘z navbatida u mazkur
vazifani ikkita asosiy yo‘l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o‘rinlarini barpo etish
va vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki ish bilan qisman band bo‘lgan aholini ishga jalb
etish,
yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta‘minlash.
Aholining ish
bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi
ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo‘shish mumkin.
Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasi aholini ish bilan ta‘minlash, aholi pul daromadlarining
o‘sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va
mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol o‘ynaydi
Ushbu masalaning dolzarbligidan kelib chiqib
mazkur dissertatsiya ishida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta‘minlashing
asosiy yo‘nalishlari aniqlandi va tegishli xulosa va tavsiyalar keltirildi.