”kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari”
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya 3
III - BOB BO’YICHA XULOSA
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta‘minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. 2. Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini oilaviy biznes sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining 81 o‘sishi, oilaviy biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning modernizasiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 3. Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlikni ta‘minlashda bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tahlil qilish orqali, talab va taklifni o‘rganib, mehnat resurslarini o‘sish ko‘rsatkichlari, aholi sonini o‘zgarish darajalari tahlil qilindi va shunga asosan tavsiyalar ishlab chiqildi. Bandlikni ta‘minlashda asosiy e‘tiborni kollejni bitiruvchilari va yoshlarni ish bilan bandligiga e‘tibor qaratildi. 82 XULOSA Mazkur dissertasiya bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan quyidagi xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mehnatni to'g'ri tashkil etish personallar mehnatini samaradorlik darajasini oshishiga qarab ularga to'lanadigan mehnat haq, ya'ni mehnatga qarab taqsimlash yildan-yilga tobora ko'proq ob'ektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini chuqurlashtirishga va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag'batlantiruvchi kuchi bo'lib qolaveradi. 2. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang‘ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbob- uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar, uchastkalar ish o‘rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini o‘zgartirish imkoniyatlaridir. 3 Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O‘z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko‘pincha har xil bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarning ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishga, ya‘ni ularning malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta‘min etilishiga bog‘liqdir. 4. Kichik biznes sohasida mehnatning xarakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida ko‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini qamrab 83 oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib borgan sari jonli mexnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham hisobga olish zarur. 5. Tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. So‘ralgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor uchun ma‘lum miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab etiladi. 6. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta‘minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. 7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta‘minlaydi. Bunga misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. 8. Kichik biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonini oilaviy biznes sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy 84 biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning modernizasiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling