San’at
Mavzu: Rasmni tо‘ldir
Maqsad: bolalar rasmlarni qolgan yarmini chiza oladilar, qо‘l mayda motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli qalamlar, yakunlanmagan rasmlar
Faoliyatning borishi:
1. Namunadagi rasmlarni kuzatish
2.
Vazifani tanlab olish
3. Kerakli rangli qalamlarni tanlash
4.
Vazifani bajarish
5. Bajarilgan ish tahlili.
Qо‘shimcha: chizgan rasmlarga mos she’r yoki topishmoqlar aytish
Alohida e’tibor qaratiladi: yetishmagan qismlarni topa olish, ranglarni о‘z о‘rnida ishlatish
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Rasmli mozaikalar
Maqsad: bolalar fazoviy mо‘ljal olish malakalarini mustahkamlaydilar, qismdan butunni hosil qiladilar.
Kerakli jihozlar: turli kо‘rinishdagi mozaikalar
Faoliyatning borishi:
1. Mavjud mozaikalarni tomosha qilish
2. О‘z hohishiga kо‘ra mozaikalarni tanlab olish
3. Mozaikalarni yig‘ish
4.
Tayyor ishni tahlil qilish
Qо‘shimcha: qо‘shimcha mozaikalarni taklif qilish
Alohida e’tibor qaratiladi: fazoviy mо‘ljalni aniq olish.
Fan va tabiat
Mavzu: Yozgi mevali daraxtlarni kuzatish
Maqsad: bolalar mevali daraxtni ekilib uni hosilga kirishigacha bо‘lgan jarayonni kuzatadilar.
Kerakli jihozlar: mevali daraxtni ekilib uni hosilga kirishigacha bо‘lgan
jarayon ketma-ketligi
tasvirlangan rasm yoki AKT, “Meva daraxtini ek va uning hosilini tezroq ol!” ta’limiy о‘yini
Faoliyatning borishi:
1.
Mevali daraxt ekilib, u pishib yetgunga qadar bо‘lgan jarayonni
rasm yoki AKT orqali
tomosha qilish.
2. Kо‘rilgan rasm yoki AKTdan olingan ma’lumotlar bо‘yicha suhbat.
3. “Meva daraxtini ek va uning hosilini tezroq ol!” ta’limiy о‘yini (kartochkalar ketma-ketligini
tо‘g‘ri joylashtirish).
4. Tahlil.
Qо‘shimcha: muassasa bog‘idagi mevali daraxtlarni kuzatish.