Кичик гурущда йил давомида ытказиладиган математика маш\улотларининг та=симланиши
Download 1.46 Mb.
|
Elementar matematika kichik guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning borishi: Tarbiyachi
- Bolalar uchun amaliy ish.
- Guruhiy ish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Kvadrat shakli bilan tanishish Maqsad: Kvadrat shakli bilan tanishtirish va uning nomini to’g’ri aytishni o’rgatish. Kutilayotgan natija: Bolalar kvadrat shaklini bilib oladilar. Kerakli jixozlar: Kartondan yasalgan kvadratlar (tarbiyachi va xar bir bolaga). Qog’oz va kalamlar (xar bir bolaga). Kartondan yasalgan 2 ta xar xil ulchamdagi kvadrat. Tarbiyachi uzi xoxlagan kattalikdagi kvadratlarni tanlashi mumkin. Doira va kvadratlar tuplami. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar, mening qo’limda qanday shakl bulsa, siz xam stolingiz ustidan xuddi shunday shaklni olinglar. Bolajonlar, bu qanday shakl ekanligini bilasizlarmi? Bu kvadrat! Kvadratning xamma tomonlari teng buladi. Endi kvadratni stol ustiga kO’ying va uning chetidan barmok yurgizib chiking. Barmoklarimiz qanday tusiklarga uchradi? Kvadratning burchaklari bor shuning uchun barmogimiz tusikka uchradi, ya’ni xar bir burchakda barmogimizni burib olishimizga to’g’ri keldi. Kvadratni yumalatib ko’ramiz. Kvadrat yumaladimi? Yuk, kvadrat yumalamadi, chunki uning yumalashiga burchaklari xalakit beradi. Bolalar uchun amaliy ish. Xar bir bolaga qog’oz, kalamlar, katta va kichik ulchamdagi 2 ta kvadrat beriladi. Bolalar bu kvadratlarni aloxida-aloxida olib chetidan kalam yurgizib, qog’ozga chizib oladilar. Tarbiyachi bolalardan xozir kaysi kvadratni chizayotganini, kattasimi yoki kichigi ekanligini suraydi. (4-rasm). Bolalar kvadratlarni chizib bulganlaridan so’ng ularni uzlari xoxlagan rangga buyaydilar, ishni tugatganlaridan keyin tarbiyachi suraydi: Kichik kvadratni qanday rangga buyadingiz? Katta kvadratni qanday rangga buyadingiz? 4-rasm Guruhiy ish. Bolalar qo’llarini orkaga kilib doira bulib turadilar. Tarbiyachi bolalarning qo’llariga kvadrat va doira shakllarni berib chikadi. Bolalar qo’llaridagi shaklni paypaslab kurib, qanday shakl ekanligini topadilar va navbat bilan aytadilar. Tarbiyachi bolalarni qo’lidagi shakl bo’yicha 2 guruhga buladi: «Kvadrat shaklini ushlaganlar o’ng tomonimga, doira shaklini ushlaganlar chap tomonimga turib olinglar». So’ng xar ikki guruh 2 ta stoldagi aralashtirib kuyilgan doira va kvadratlarni kuzi boglangan xolda ajratadilar. Bolalarning xar biri uzining o’ng tomoniga doiralarni, chap tomoniga kvadratlarni yigadilar. Ishni tugatganlaridan so’ng bolalar kuzlarini ochib, ishni qanchalik to’g’ri bajarganliklarini kurib chikadilar va doiralarni bir idishga, kvadratlarni ikkinchi idishga solib kuyadilar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling