Kichik q harfi
Download 0.97 Mb.
|
1-sinf kichik q harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Og‘zaki nutq
- Men ijod qilaman
___________ VILOYATI _________TUMANI ___-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHISI ________________________________NING ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN “KICHIK Q HARFI” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN OCHIQ DARS ISHLANMASI Sana:___________ Mavzu: Atrofimizdagi odamlar. Kichik q harfi (Amaliy)Darsning maqsadi:O‘quvchilarga mavzu yuzasidan tushunchalar berish. Mavzuga oid so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi haqida va uni hayotda to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qilish. Bosh T harfini yozilishi va husnixat talablarini o‘rgatish. Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Maqsadli yozish. Dars metodlari: suhbat, o‘yin, qisman izlanish metodlari Standartlar: O‘BTD.OT.1.O‘Q.1 Kitobning old va orqa muqovasi, yuqori va pastki qismlari, sahifalarini, matn chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga qarab o‘qilishini, hamda yozuv ma’no ifodalashini tushunadi. O‘BTD.OT.1.YN.1 Alifbodagi harflarning bosh harf va kichik harf shakllarini biladi va yozadi; O‘BTD.OT.1.YN.2 Asosiy husnixat qoidalariga rioya qilgan holda so‘zlarni to‘g‘ri yozadi Og‘zaki nutq 5 daqiqa Qaysi ertak qahramonlariga yordam berishni xohlar edingiz va qanday qilib? M-O‘: O‘quvchilarga juftliklarda savol-javob daqiqasi o‘tkazmoqchi ekanligingizni ayting. Jarayon bilan tanishtirish uchun bir o‘quvchi bilan “Siz aynan qaysi ertak qahramoniga yordam berishni istar edingiz?” mavzusida savol-javob o‘tkazing. O‘: Partadosh juftliklar shu mashg‘ulotni bir-biri bilan davom ettiradilar.M: O‘quvchilar bilan aynan qaysi sehrli buyum qiziqarli va foydali bo‘lishi mavzusida suhbat tashkil qiling. Chiroyli yozamiz 10 daqiqa M: Kichik “q” harfining unsurlarini doskaga yozing. Yozma va bosma shakllarini taqqoslang. O‘: Darslikda berilgan harflarning shaklini yozadilar. M: Kichik “q” harfining boshqa harflar bilan bog‘lanishini mashq qiling. Chiroyli yozishlariga e’tibor bering. O‘: “Yozish” sahifasidagi shu dars uchun ajratilgan topshiriqni bajaradilar. Kitob --- bilimning boshi , Aql—u idrok quyoshi . Kitobda nurli iqbol, O’qib topaman kamol Men ijod qilaman 25 daqiqa M: Ertaklardagi sehrli buyumlar mavzusida suhbat tashkil qiling. Siz eshitgan ertaklarda qanday sehrli buyumlar bor? O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib to‘ldiring (sehrli tayoqcha, uchar gilam, oltin kovush, sehrli chiroq, oynayi jahon, qaynar xumcha, ur to‘qmoq va hokazo). M: O‘quvchilar e’tiborini darslikdagi vazifaga qarating. “Sehrli buyumlar” topshirig‘ining mazmunini tushuntiring. Siz ertaklarda eshitgan sehrli buyumlardan o‘zingizda aynan qaysi biri bo‘lishini xohlardingiz? Qaysi sehrli buyumni tanlaganini o‘quvchilardan so‘rang. O‘quvchilarga o‘zlari istagan sehrli buyum rasmini chizish topshirig‘ini bering. Mustaqil, ijodiy ishlarni parta oralab nazorat qiling. M: O‘quvchilar e’tiborini darslikda berilgan vazifaga qarating. “Adashgan raqamlar” topshirig‘ining mazmunini tushuntiring. Jadval ichida berilgan raqamlar ostidagi harflarni pastda berilgan jadvalga to‘g‘ri qo‘yib yozsangiz, gap hosil bo‘ladi. O‘: Berilgan vazifani bajaradilar. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling