Kichik va katta guruhlar psixologiyasi


Download 21.35 Kb.
bet1/4
Sana09.05.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1447754
  1   2   3   4
Bog'liq
Xurshidbek Psixologiya


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
116-22 GURUH TALABASI
Xudoyberdiyev Xurshidbekning PSIXOLOGIYA fanidan
KICHIK VA KATTA GURUHLAR PSIXOLOGIYASI” mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Kichik va Katta guruhlar psixalogiyasi

Reja:
1. Guruh tushunchasi.
2. Kichik guruhlar tuzilishi, turlari, psixologiyasi.
3. Katta guruhlar psixologiyasi.
4. Jamoadagi moslik.

Guruh tashkil topishi uchun umumiy maqsad ,tilaklar, umumiy shartlar bo'lishi shart. Guruh - bu ma'lum bir belgilar asosida ijtimoiy yaxlitlikdan ajralib turadigan, hajmi cheklangan odamlar jamoasi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin yoshlar), ma’lum o`quv yurtida ta’lim olish istagi va xoka’zo. Ko`chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo`lib o'tgan xodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo'ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreyevaning "Ijtimoiy psixologiya"darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiy extiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Agregatsiya - olomon, tasodifiy hodisaning tomoshabini. Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy tadqiqotlar o`tkazilgan obektlardandir. Bu an'ana Amerikada asrimiz boshida o`tkazilgan ko`plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib,ularda olimlar oldiga qo`yilgan asosiy muommo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir ko`rsatadi, kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta`kidlash lozimki, bunda sharoitlarda individlarning o`zaro hamkorligi(interaksiya) emas, balki ularning bir yerda birga bo`lganlligi faktining (koaksiya) ta`siri o`rganiladi. Olingan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lga individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlanadi. Bunday ma`lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlaridan ham qayt etiladi. Bu psixoligik hodisa Sotsial psixologiyada ijtimoyi fatsilitatsiya nomini oladi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida boshqa individlarning bevosita ta`siri bolib, bu ta`siri avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarining, fikirlashlarning tezligida namoyon bo`ladi.Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, yani boshqalar ta`sirida individ reyaksiyalardagi tormizlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatiladi.Bu hodisa fanda ingibitsiya nomini oladi. Lekin olingan faktlarning qandayligidan qa`ti nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzusiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.



Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling