Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari Reja
Download 68.5 Kb.
|
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari Reja: 1. Ijtimoiy guruhlar 2. Ommaviy hodisalarning katta guruhlarga tasiri 3. Ideologiya (mafkura, goya) va ijtimoiy psixologiya Foydalanilgan adabyotlar Ijtimoiy guruhlar Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o`zi yo`q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. SHuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Psixologik ma`noda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin yoshlar), ma`lum o`quv yurtida ta`lim olish istagi va xokazo. Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor bu qiziquvchanlik bo`lib o’tgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreevaning "Ijtimoiy psixologiya" darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga kamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda tuplangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo`linadi. Referent guruhi - bu shaxs o'zi bilan bog'liq bo'lgan va o'z xatti-harakati va o'zini o'zi qadrlashda boshqaradigan normalar, fikrlar, qadriyatlar va baholashlar bilan bog'liq bo'lgan haqiqiy yoki shartli ijtimoiy hamjamiyat. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling