«kichkina shahzoda»dan falsafiy fikrlar antuan de Sent-Ekzyuperi


Download 323.1 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi323.1 Kb.
#1319468
1   2   3   4
Bog'liq
Antuan de Sent

Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina Shahzoda. Qissa by Khurshid Davron on Scribd

(Tashriflar: umumiy 2 596, bugungi 2)
TEG(LAR) Antuan de Sent-EkzyuperiNuriddin Egamov
Lao Zi. Hikmatlar & Haqiqat manzaralari. 99 mumtoz faylasuf
Nosir Fozilov: Men sizga aytsam…

O'XSHASH MAQOLALAR.

Nuriddin Egamov. Nafsning qitig’i qayerda? & Bahodir Iskandarov. Jannat va do’zax. Davlatni aldagan odam qay biriga tushadi?


16 Май, 2019

Baxtiniso Mahmudovaning so’nggi intervyusi & Nuriddin Egamov. Baxtinisoga


08 Май, 2019

Nuriddin Egamov. Yonayotgan gazeta yoxud «majburiy obuna»ga barham berish — bu majburiy ziyosizlikka yo’l ochish degani emas-ku


22 Янв, 2019

Nuriddin Egamov. Ikki maqola


09 Янв, 2019

Rey Bredberi. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja & Nuriddin Egamov. Kitob ko’targan odam


16 Ноя, 2018

3 IZOH


  1. Bayram Ali

 29.03.2017 at 14:35
Nuriddin aka Egamov nafaqat yaxshi jurnalist, yaxshi adabiyotshunos, qolaversa yoshlarning homiysi bo’lgan ajoyib insondir.
Ushbu maqolani ilinganingiz uchun rahmat ustoz.

  1. Нуриддин Эгамов.

 30.03.2017 at 14:05
Ўзим қадрлаган энг ажойиб ва севимли сайтимда мақоламни кўрганимдан мамнунман. Сизга катта раҳмат, Хуршид ака!!!

  1. Alisher

 18.11.2017 at 14:56
Qoyil, Do’stim ijodda chachamng!

IZOH QOLDIRING


Начало формы
Комментарий
Имя
E-mail
Сайт
Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari allaqachon XX asr fransuz adabiyoti klassikasiga aylangan. Adibning adabiyotda oʻxshashi kam uchraydigan, romantik ruh, poeziya, nozik lirizm, falsafiy mushohadalar va insonlarga muhabbat ruhi bilan yoʻgʻrilgan asarlari jahonning juda koʻplab tillariga tarjima qilinib, oʻz oʻquvchilarini topgan.
Antuan de Sent-Ekzyuperi 1900 yilning 29 iyunida Lion shahrida ancha qashshoqlashib qolgan zodagonlar oilasida tugʻildi. Uning oʻz bolalik yillariga boʻlgan munosabati kishini hayratga soladi. “Bizning bolalik dunyomiz, soʻzlashuvimiz, oʻyinlarimiz olami menga boshqa narsadan koʻra hech qachon tuganmas borliqday tuyuladi,” – deydi u onasiga yozgan maktublaridan birida.
Sent-Ekzyuperi dunyoda, xususan, Oʻzbekistonda avvalo “Kichkina shahzoda” naql-ertagining muallifi sifatida maʼlum va mashhur. Hayotdan koʻz yumganiga 70 yilga yaqin vaqt boʻlganiga qaramay, uning ijodiy merosi hamon adabiyotshunoslar va oʻquvchilar eʼtiborida. Sent-Ekzyuperi asarlarini, uning asosiy kasbi – uchuvchilikdan ayro holda qabul qilish mumkin emas, albatta. U oʻzini hech qachon professional yozuvchi deb hisoblamagan.
Sent-Ekzyuperi oʻn ikki yoshga toʻlganda birinchi bor havoga koʻtarildi: oʻsha davrning mashhur fransuz yozuvchisi Vedren uni samolyotida birga olib uchadi. Ana shu lahzadan boshlab parvoz ishqi yosh Antuanning hayotidagi asosiy, bir umrlik maqsadiga aylangan boʻlishi mumkin.
1921 yili u koʻngilli ravishda harbiy xizmatga otlandi. Harbiy qiruvchilar aviapolkida zoʻr ishtiyoq bilan uchuvchilik sirlarini oʻrgandi va fransuz armiyasining leytenanti unvoniga ega boʻldi. U 1927 yildan boshlab Fransiya janubini Afrika bilan bogʻlovchi pochta yoʻnalishida uchuvchi boʻlib ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi paytida harbiy razvedka qismlarida xizmat qildi va Fransiya magʻlubiyatidan soʻng AQSHga ketishga majbur boʻldi. Sent-Ekzyuperi tomonidan bildirilgan qatʼiy soʻrovlar natijasida u harakatdagi armiya safiga qaytarilgan. 1944 yilning 30 iyunida Fransiya janubida razvedka ishlarini olib borish uchun AQSH havo kuchlariga qarashli havo kemasida parvoz qilgan Sent-Ekzyuperi samolyoti urib tushirildi. Oltmish yildan soʻng – 2004 yili Oʻrtayer dengizida uning somolyoti qoldiqlari topildi.
Sent-Ekzyuperi uchun aviatsiya eng avvalo dunyoni oʻrganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalash, insonlar va mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikka, birodarlikka yoʻl ochish vositasi edi. Bundan tashqari, samoda parvoz qiluvchi, yuqoridan turib yerni kuzatuvchi inson boshqalarga nisbatan oʻzgacha dunyoqarashga ega boʻladi. Bir qarashda sezilavermaydigan, lekin samolyot kabinasida turib nihoyatda nozik va himoyasiz boʻlib koʻrinadigan ona zaminimizda insonlar naqadar yolgʻiz, bir-birini tushunishga ojiz ekanliklari uchuvchi Sent-Ekzyuperini hamisha tashvishga solgan. Umrning qisqaligi, insonlar oʻrtasidagi mehr-muhabbat, bir-birlarini tushunib yashashga boʻlgan intilishlarning tiriklik mazmunini tashkil etishi Ekzyuperi yaratgan deyarli har bir asarning bosh gʻoyasi edi.
Sent-Ekzyuperi aviatsiya mavzusini adabiyotga olib kirib XX asrdagi yangi soha kishilarining faoliyati haqida ilk bor hikoya qildi. Shu bilan birga, u oʻz kasbini sivilizatsiya, jamiyat kelajagi va insonlar taqdiri haqidagi falsafiy mushohadalar manbaiga aylantira oldi. Natijada, yozuvchi jahon adabiyotida birinchilardan boʻlib uchuvchilikni maʼnaviy-axloqiy hodisa sifatida talqin etdi.
Yozuvchi voqea va hodisalarni hikoya qilishni emas, balki ana shu voqelar tufayli paydo boʻlgan mulohazalarni bayon etishni muhim deb hisoblagan.
Sent-Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri boʻlgan va yozuvchi nomini butun dunyoga mashhur qilgan “Kichkina shahzoda” falsafiy ertagi 1942 yilda, yozuvchi Nyu-Yorkda yashagan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiyasi bilan avvalgilardan farq qiladi. U dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan va eng koʻp nashr etilgan asarlardandir. Adabiyotshunos R. Grachyovning taʼkidlashicha, “Kichkina shahzoda” inson oʻzini poetik jihatdan his qilishining ishonchli tajassumi boʻlib qoldi. U yozuvchining boshqa asarlariga nur taratib turadi va ularni ushbu ertaksiz anglab yetish mumkin emas.
Asar motivlari, aniqrogʻi, bolakay timsolining paydo boʻlishi 1927–1929 yillarga borib taqaladi. Bu davrda Kap-Jubi (Marokash) aerodromining boshligʻi boʻlgan Sent-Ekzyuperi samolyoti Sahroi-Kabirda avariyaga uchraganligi va shu kuni sahroda tunashga majbur boʻlgan uchuvchi tushiga qandaydir mitti odam kirgani haqida maʼlumotlar bor. Muallif ancha vaqtgacha ana shu tush taassuroti bilan yurganligini uning tomonidan turli yillarda chizilgan qanotli bolakay suratlari tasdiqlaydi. Ertakning dastlabki chizgilari ana shu voqea taʼsirida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Lekin ana shu chizgilarning mukammal bir asar tusini olishida asosiy turtki boʻlgan voqea – Ikkinchi jahon urushi va uning yozuvchi ruhiy olamiga koʻrsatgan taʼsiri hisoblanadi. Yozuvchi 1943 yil mart oyida fashistlarga qarshi harbiy harakatda qatnashish uchun shimoliy Afrikaga keladi. Ertak esa aprel oyida Amerikada bosilib chiqadi. Asardagi Shahzoda ertak nihoyasida oʻzi oʻstirib parvarishlagan atirgulga masʼul ekanligini his qiladi. Adabiyotshunoslar ana shu Atirgul obrazi ortida yozuvchining umr yoʻldoshi Konsuelo timsoli nazarda tutilgan boʻlsa kerak, deb taxmin qiladilar. Bu fikrni inkor etib boʻlmaydi. Nozik jussali, quvnoq, abjir, yana ajoyib fantaziyachi va kezi kelganda ekssentrik feʼl-atvorga ega boʻlgan bu ayolning Sent-Ekzyuperi hayoti va ijodida oʻz oʻrni, taʼsiri bor. Ularning hayotidagi nomutanosibliklar va tez-tez boʻlib turuvchi ayriliq onlari “Kichkina shahzoda”dagi qahramonning nozik va injiq Atirgulni tashlab sayohatga ketishi, keyinchalik fikru-zikri ana shu gulida boʻlishi, boshqa hech qanday gul oʻzi oʻstirgan Atirgulga oʻxshamasligini his qilishi orqali ifodalangan deyish mumkin.
Hayoti davomida vaqti-vaqti bilan bolalikka qaytib yashashni targʻib qilib kelgan Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”ni Fransiyadagi doʻsti Leon Vertning bolalik damlariga bagʻishlagani, asarning bosh qahramoni qilib bolani tanlagani ham bejiz boʻlmasa kerak. Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”dan tashqari “Mahbusga maktub” (1943) asarini ham Leon Vertga (1879–1955) bagʻishlagan. Yozuvchi va adabiyotshunos boʻlgan bu inson Sent-Ekzyuperining doʻstigina emas, balki uni tushunuvchi yagona kishi boʻlgan. Urush tufayli u insonlarda sodir boʻlayotgan tarqoqlik, maʼnaviy tubanlashish singari koʻrinishlar haqida 1939–1944 yillarda doʻstiga yozgan xatlarida juda koʻp marotaba taʼkidlaydi.
Sent-Ekzyuperi oʻz qahramoniga 5-6 yoshdagi bola ruhiyatiga xos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar dunyosiga qarama-qarshi qoʻyiladi. Kattalarning hayotni bezab turuvchi romantika va goʻzallikni his qilish kabi tuygʻulardan yiroq ekanligi bolani hayratga soladi. Shuning uchun ham kattalar shahzoda chizgan filni tiriklay yutib yuborgan boʻgʻma ilon rasmini “shlyapa” deb ataydilar. Bola esa oʻsha kattalar koʻra olmaydigan quticha ichidagi qoʻzichoqni koʻra oladi. Umuman, shahzoda hali kattalar qadami yetmagan soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramonning “Kichkina shahzoda” deb atalishi ham shundan.
Shahzoda qiziquvchan va ishonuvchan boʻlib, barcha jonli mavjudod uni hayratga soladi.
Antuan de Sent-Ekzyuperi hayrat hissini insonga ato etilgan ajoyib neʼmatlardan biri deb biladi. Faqat qalbi pok, begʻubor kishigina hayot goʻzalliklaridan chinakamiga hayratga tushishi mumkin. Lekin inson ulgʻaygan sari hayot hodisalaridan, goʻzalliklaridan hayratlanish yoʻqolib boradi. Hayrat hissining yoʻqolishi esa insonni dagʻallashishga olib keladi, uni fikrlovchi mexanizmga aylantirib qoʻyadi.
“Kichkina shahzoda”da kattalarning hayotni bezab turuvchi romantika va goʻzallikni his qilish kabi hislardan yiroq ekanligi bolani hayratga soladi. Muallif bolalarga mos kuzatuvchanlik bilan kattalarga baho beradi: “Kattalar raqamlarni juda yaxshi koʻrishadi. Agar ularga yangi doʻst orttirganingiz xususida aytib qolsangiz, ular hech qachon asosiy narsa haqida soʻramaydilar. Ular: “Uning ovozi qanaqa? Nechta ogʻa-inisi bor? Ogʻirligi qancha ekan? Otasi qancha moyana oladi?” – deb soʻray ketadilar. Soʻng shu tariqa oʻzlaricha odamlarni yaxshi bilib olgan boʻladilar”.
“Kichkina shahzoda”ning boshqa asarlariga oʻxshamaydigan yana bir original jihati bor. Bu asarning muallif tomonidan ertak syujetiga chizilgan suratlar bilan berilishidir. Bu suratlar yozuvchi hikoyasiga sharh berish vazifasidan tashqari, soʻzda ifodalab boʻlmaydigan noziklik, soddalikni ham kitobxonga yetkazib berganki, bu jahon adabiyotida juda kam uchraydigan uslub hisoblanadi.
Sent-Ekzyuperining soflik sayyorasining sohibi boʻlgan qahramoni allaqachonlar oʻzbek oʻquvchilari qalbini ham zabt etgan. Ertak oʻzbek tilida dastlab 1963 yili nashr etildi (M. Umarov tarjimasida).
Asarning Xayriddin Sultonov tomonidan qilingan tarjima varianti “Yoshlik” jurnalining 1985 yildagi 6-sonida eʼlon qilingan. Keyingi yili “Kichkina shahzoda”, “Tungi uchish” (Ahmad Aʼzam tarjimasida) asarlari va “Bashar sayyorasi” kitobidan parcha (Xayriddin Sultonov tarjimasida) alohida kitob holida bosmadan chiqdi. 2003 yilga kelib, “Kichkina shahzoda” asari lotin yozuvida alohida nashr etildi.
Sent-Ekzyuperining ijodiy merosi “Uchuvchi” novellasi (1926), “Janubiy pochtachi” (1928), “Tungi uchish” (1931), “Bashar sayyorasi”(1939) qissalari, Ispaniyadagi urush haqidagi ocherklari, 1942 yilda chop etilgan “Harbiy uchuvchi” va “Kichkina shahzoda” asarlari hamda 1936 yildan vafotigacha yozib borilgan, lekin yakunlanmagan “Istehkom”asarlaridan iborat. Yozuvchi dastlabki asarlaridanoq oʻziga xos uslubi bilan shuhrat qozondi. 1931 yili “Tungi uchish” asari uchun nufuzli “Femina” adabiy mukofotiga, 1939 yili esa “Bashar sayyorasi” uchun Fransiya Akademiyasining roman uchun beriladigan katta mukofotiga sazovor boʻlgan.
Umuman olganda, Sent-Ekzyuperi asarlari insonlarni doimo yagona maqsad yoʻlida – insoniylikni saqlab qolish uchun birlashishga chaqirishi bilan hech qachon oʻz ahamiyatini va dolzarbligini yoʻqotmaydi.
Saviya.uz.
Download 323.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling