Kif sirtqi 022-20 guruh talabasi Jalilova X kompyuter arxitekturasi fanidan 1-topshiriq mavzu: ko‘p yadroli protsessorlarning arxitektura turlari ishdan maqsad: Ko‘p yadroli protsessorlar haqida tushincha
Download 0.58 Mb.
|
Jalilova 1-amaliy ishi 1.1
KIF sirtqi 022-20 guruh talabasi Jalilova X KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIDAN 1-TOPSHIRIQ MAVZU: KO‘P YADROLI PROTSESSORLARNING ARXITEKTURA TURLARI Ishdan maqsad: Ko‘p yadroli protsessorlar haqida tushincha, ularning turlari va ishlash prinsiplari bilan tanishib chiqish. Nazariy qism Kompyuterning tuzilishi — kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir. Mikroprotsessor (M P) — bu kompyuterning markaziy qurilmasi bo‘lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlami boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan (1-rasm). 1-rasm.Kompyuter protsessorlari. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: — boshqaruv qurilmasi (B Q ) oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni tursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib beradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni kompyuterning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi; — arifmetik-mantiqiy qurilma (AM Q ) — sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi); — mikroprotsessor xotirasi (M P X ) — mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; — registrar — uzunligi turlicha boMa oladigan tez ishlovchi xotira xonalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); — mikroprotsessoming interfeys tizimi — ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; o ‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi; — interfeys (ingl. interface) — kompyuterda mavjud qurilmalami o ‘zaro ulab, ular o‘rtasida aloqa bog‘lash va birgalikda ishlashni ta’minlash uchun mo‘ljallangan vositalar majmui; — kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O — Input/Output port) — mikroprotsessorga ShKning boshqa qurilmasini bogMash imkonini beruvchi ulash apparati. Mikroprotsessor, boshqacha nomi — markaziy protsessor (MzP). Markaziy protsessor (CPU , ingl. Central Processing Unit) kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalami bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP o’z ichiga quyidagilarni mujassam etadi: — arifmetik-mantiqiy qurilmani; — ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; — registrlarni; — komandalar hisoblagichini; — kesh — kichik hajmli (virtual) tezkor xotira (8 dan 512 Kbaytgacha) qurilmasini; — nuqtasi o ‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini. Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bolib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristallplastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall oyoqchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar b o ‘ lishi mumkin. Bunday tizimlar ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971- yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AM D firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko‘p tarqalgan mikroprotsessorlar deb e’tirof etilmoqda. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling