Sana: «____»_________________2018 yil Sinf: 2-sinf
Fan: Matematika
Mavzu: Ko‘paytirish amali komponentlarining nomlanishi
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ko‘paytirish amali komponentlarining nomlanishini o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlarini rivojlantirish
Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: arifmetik amallarni bajarish va kattaliklar bilan ishlashda o‘qituvchi hamkorligida ijodiy fikrini ifodalay oladi; boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi, matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi; kundalik holatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi; olingan bilimlar asosida matematik ma’lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli: Guruhlarda ishlash
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, 2-sinf matematika darsligi
Do'stlaringiz bilan baham: |