3. Insonning barcha sezgilari quyidagi sifatlarga qarab klassifikatsiyalanadi: 1. Eksterotseptiv sezgilar – tashqi olamdagi narsa va hodislarning sifatlarini aks etadi. Ularga ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va teri sezgilari kiradi. 2. Interotseptiv sezgilar – ichki organlarning turli holatlari aks etadi (Organik, og`riq sezuvchi). 3. Propriotseptiv sezgilar – turli harakat organlarining holatlarini aks etadi (Muskul, harakat, kinetik va muvozanat). Ko`rish sezgisining organi ko`z, u pardadan iborat: tashqi tomirlari va to`r parda. Ko`rish sezgisining fizik sababchisi yorug`lik to`lqinlari hisoblanadi. Ranglar axromatik (qora, oq, kulrang) hamda xromatik (qizil, sariq, havorang, ko`k, siyohrangga bo`linadi). Ko`rish sezgisining markazi miya katta yarim sharlarining ensa bo`lagidir. Eshitish sezgisi – ovozlarni sezish, organi quloq. Tashqi quloq - quloq chanog`i va eshitish bo`shlig`idan iborat. O`rta quloq - uchta suyakchaga mahkamlangan quloq pardasi, ichki yupqa parda, ichki tog`ay. O`rta quloq eshituv suyakchasidan iboratdir. Ular havo to`lqinlarini ichkariga o`tkazadi. Eshitishning miya markazi bosh miyaning chakka qismi. Ko`rish sezgisining markazi miya katta yarim sharlarining ensa bo`lagidir. Eshitish sezgisi – ovozlarni sezish, organi quloq. Tashqi quloq - quloq chanog`i va eshitish bo`shlig`idan iborat. O`rta quloq - uchta suyakchaga mahkamlangan quloq pardasi, ichki yupqa parda, ichki tog`ay. O`rta quloq eshituv suyakchasidan iboratdir. Ular havo to`lqinlarini ichkariga o`tkazadi. Eshitishning miya markazi bosh miyaning chakka qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |