Mavzuning maqsadi va vazifalari: Bu ishni bajarishdan maqsad Co(II) ning atsetamid bilan koordinatsion birikmasini sintez qilish. - sintez qilingan koordinatsion birikmaning tarkibi, tuzilishi, xossalarining markaziy ionning elektron konfiguratsiyasiga va ligand tabiatiga bog'liqligini o'rganish. - sintez qilingan koordinatsion birikmaning tarkibi, individualligi, tuzilishini element analizi, rentgenfazaviy, IQ-yutilish spektroskopik analiz va drivatografik analizlarda o'rganib isbot qilish. - organik ligandlarning koordinatsion birikmalarda markaziy atom bilan koordinatsiyalanish uslublarini tadqiq etish. - sintez qilingan koordinatsion birikmaning tarkibini berishdan iborat. Tarqalganligi. Kobaltning yer qobig‘idiagi massa ulushi 4·10−3 % ni tashkil etadi. U ko‘plab minerallar tarkibiga kiradi. Xususan, karolit (CuCo2S4), linneit (Co3S4), kobaltin (CoAsS), sferokobaltit (CoCO3), smaltin (CoAs2), skutterudit (Co,Ni)As3 va boshqalar tarkibida kobalt atomlari mavjud bo‘ladi. Hozirgi kunda ilm-fanga kobaltli minerallarning jami bilan 30 ga yaqin turi ma’lum. Odatda kobaltga temir, mis, xrom, nikel va marganets elementlari yo‘ldosh bo‘ladi. Dengiz va okeanlar suvidagi kobalt miqdori taxminan (1,7)·10−10 % deb baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |