Кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари. Кимё фанига кириш Reja: Kimyoning tarixi


Download 165.9 Kb.
bet13/20
Sana05.01.2022
Hajmi165.9 Kb.
#229603
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
maruzalar matni

Reja:


1. Metallarning kimyoviy xossalari.

2. Gal’vanik elementlar.

3. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.

4. Metallar korroziyasi. Korroziya turlari.

Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning atomlari elektronlarini osonlik bilan berib, musbat zaryadlangan ionga aylanadi. Tipik metallar kimyoviy reaksiyalarda elektronlarni oson berganligi uchun aktiv qaytaruvchilardir. Masalan, rux, temir, magniy, nikel kabi metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchi vizifasini bajaradi. Bu metallar xlorid va suyultirilgan sulfat kislota eritmalari bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib chiqadi:

Mg  H2SO4  MgSO4  H2

Bu reaksiyada Mg metali qaytaruvchi vazifasini bajaradi, o'zi oksidlanadi. Vodorod ioni H esa oksidlovchi rolini bajaradi va qaytariladi. Shu sababli bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidir. Metallar bilan konsentrlangan kislotalar, masalan, nitrat va sulfat kislotalar reaksiyaga kirishganda, oksidlovchi rolini kislota qoldig'i bajaradi:

Cu  4HNO3  Cu (NO3) 2NO2  2H2O

Metallarning tuzlaridan shu metallarni boshqa metallar siqib chiqarishi mumkin. Bu metallarning aktivligita bog'liq, masalan, qo'rg'oshinning biror tuzi eritmasiga bir bo'lak rux tashlansa rux eriy boshlaydi., eritmadan qo'rg'oshin ajralib chiqadi:

Zn  Pb(NO3)Zn(NO3) Pb

Ushbu reaksiyada rux o'zining valent elektronlarini qo'rg'oshin ioniga beradi. Bunda, rux oksidlanadi, qo'rg'oshin esa qaytariladi. Yuqoridagi reaksiyalarda ta'sirlashuv jarayoni metallarning sirtida sodir bo'ladi. Rux metali bilan mis (II)- sulfat eritmasi orasida boradigan reaksiyani quyidagi sxemada ko'rsatilgan asbobda o'tkazilsa, asbobning galvanometrik reaksiya natijasida elektr toki hosil bo'lishini ko'rsatadi.

CuSO4  Zn  ZnSO4  Cu

Cu2  Zn0  Zn2Cu0

Cu2  2e Cu0



Zn0 - 2eZn2
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini bunday amalga oshirish natijasida kimyoviy rayeksiya energiyasi elektr energiyasiga aylanadi.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling