Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana12.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1700870
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
7-Maruza (1)



97 
FILTRLASH 
3.9. Umumiy tushunchalar 
Turli jinsli sistemalarni g`ovak filtr to`siqlar yordamida fazalarga ajratish jarayoniga filtrlash deyiladi. 
Filtr to`siqlar aralashmaning qattiq (dispers) fazasini ushlab qoladi, suyuq (dispersion) fazasini o`tkazib yubor-
ish qobiliyatiga ega. Filtr to`siqlar yoki bundan buyon filtrlar sifatida g`ovakli materiallar qo`llaniladi (masalan, 
to`r pardalar, karton, gazlamalar, sochiluvchan materiallar, shag`al, qum, g`ovak polimer materiallar, keramika, 
metallokeramika va boshqalar). 
Filtrlash jarayoni bosimlar farqi yoki markazdan
qochma kuchlar maydoni ta’sirida amalga oshiriladi. 
Filtrlash intensivligi suspenziya sifati, ya’ni dispers faza 
cho`kmasi qarshiligining miqdoriga, karton, shilimshiq va kol-
loid moddalar bor-yo`qligiga bog`liqdir. 
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida filtr kon-
strukstiyasi yoki filtrlovchi stentrifuga, filtr to`siq va filtrlash
rejimlarini tanlash zarurati tug`iladi. 
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda cho`kma 
hosil qilish yo`li bilan filtrlash keng tarqalgan. 
Masalan, shakarpazlikda filtrlash qiyomlarni tozalash,
cho`kmani saturastion sharbatdan ajratish uchun qo`llaniladi.
Pivo pishirishda esa, ushbu jarayon suslodan qattiq fazani ajrat-
ish va tayyor mahsulotni tindirish uchun ishlatiladi. Undan 
tashqari, vinopazlik, liker – aroq va sharbatlar ishlab chiqarish sanoatlarida filtrlash jarayonidan keng miqyosda 
foydalaniladi. 
Kimyo, non pishirish, tegirmon va spirt sanoatlarida gazlarni tozalash uchun filtrlash jarayoni ishlati-
ladi. 
Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho`kmalar hosil bo`ladi. Siqiluvchi cho`kma zarracha-
lari bosim ortishi bilan qatlam deformastiyaga uchraydi va uning o`lchami kamayadi. Siqilmaydigan
cho`kmada bosim ko`payishi bilan qatlam shakli va o`lchami uzgarmaydi. 
Amalda filtrlashdan keyin quyidagi qo`shimcha jarayonlar qo`llaniladi: 
a) cho`kmani yuvish; 
b) cho`kmani havo yoki inert gazlar oqimi bilan tozalash; 
v) cho`kmani quritish; 
Filtrlash jarayonining unumdorligi va olingan filtratning tozaligi filtr to`siqlar xususiyatlariga bog`liq.
Filtr to`siqlar g`ovak, teshiklari katta va gidravlik qarshiligi kichik bo`lishi kerak. Filtr to`siqlar tuzilishiga 
qarab egiluvchan va egilmas bo`ladi. 
Filtr to`siqlar tepa va ostki qismidagi bosimlarning farqi filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi ku-
chi deb hisoblanadi. 
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash jarayoni ikki guruhga bo`linadi: a) bosimlar farqi 
ta’sirida ajratish (filtrlash); b) markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish (stentrifugalash). 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling