Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Download 63 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi63 Kb.
#1760438
  1   2
Bog'liq
KL-U-илова 1

I L O V A L A R



I 1. Fizik kattaliklar o`lchov birliklar sistemasi


Butun dunyoda XX asrning o`rtasigacha bir nechta o`lchov sistemasi mavjud edi: MKGSS – metr, kilogramm – kuch va sekundaga asoslangan texnik sistema; SGS – santimetr, gramm va sekundaga asoslangan metrik sistema; MTS – metr, tonna, sekunda, hamda turli sistemasiz birliklarga asoslangan sistema.
O`lchov birlik sistemalarining ko`pligi juda katta noqulayliklar, fan, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarida xalqaro munosabatlarni qiyinlashtirgan.
1960 yili o`lchov va tarozilar XI bosh konferenstiyasida Xalqaro birlik sistemasi (SI) qabul qilindi. Ushbu sistemaga o`tish mexanik, elektrik, issiqlik va boshqa fizik kattaliklarni o`lchashning bir xilligini ta’minlaydi, ularning aniqligini oshiradi va hisoblash formulalarini soddalashtiradi.
Xalqaro sistemasi (SI)da, asosiy o`lchov birliklari quyidagilar:
Uzunlik - metr (m);
Massa - kilogramm (kg);
Vaqt - sekunda (s);
Elektr toki kuchi - Amper (A);
Temperatura - Kelvin (K);
Yorug`lik kuchi - Kandela (kd);
Modda miqdori - mol
Undan tashqari, standartda yana ikkita qo`shimcha birlik nazarda tutilgan:
Yassi burchak - radian (rad);
Fazoviy burchak - steradian (sr);
Kattaliklar orasidagi bog`liqlikni ifodalovchi hosilaviy birliklar o`lchamlari fizika tenglamalari yordamida aniqlanadi. Јuyida keltirilgan I-1 jadvalda Xalqaro birliklar sistemasining asosiy, qo`shimcha va ko`p ishlatiladigan hosilaviy, hamda boshqa sistemadagi birliklarning SI birliklariga o`tkazish koeffistientlari keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan nisbatlardan tashqari quyidagi birliklar tez-tez uchrab turadi: uzunlik – 1 mkm=10-6 m; Angstrem =10-10m=10-8sm=0,1 Nm; massa – 1 t =1000 kg, 1 stentner = 100 kg; temperatura – Farengeyt gradusi 10F=[5/9(t-32)+273,15]K; t0C=(t+273,15)K; chastota 1 Gst = 1 s-1; 1 ayl/s = 1 Gst.
Undan tashqari quyidagi birliklar ham qo`llanadi: 1 milya (qadimgi rus) = = 7,468 km; 1 milya (dengiz) = 1,852 km; 1 milya (quruqlik) = 1,609 km; 1 dyuym = =2,54 sm; 1 sarjin = 3 arshin = 7 fut = 2,1336 m; 1 arshin = 71,12 sm; 1 fut = =12 dyuym = 0,3048 m; 1 funt = 0,4536 kg; 1 funt-kuch = 4,448 Nyuton.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling