«Кимёвий технология жараён ва қурилмалар» кафедраси


  5. QURILMA ASOSIY DETALLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana03.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1148018
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
shortan gaz kimyo majmuasi da yiliga 80 ming tonna polivinilxlorid ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy kimyoviy va gidromexanik jarayon va qurilmalari hisoblansin va loyihalansin

 
18 


5. QURILMA ASOSIY DETALLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Apparat tayyorlashda kesish va bukish texnologiyasi 
Kesish. Kesish jarayoni prokat, pokovka yoki listdan ortiqcha bir qism 
materialni kesib olib tashlashdir.
Qo‘llaniladigan vosita, moslama va uskunalar turiga qarab, kesish usullarini 3 
guruhga bo‘lish mumkin: 
1. mehanik; 
2. gaz-alangali; 
3. elektr yoyli. 
Mexanik kesish. Ushbu usulda qalinligi 40 mm gacha bo‘lgan list yoki sortli 
prokat kesilishi mumkin. Mehanik kesish ikki hil bo‘ladi: kirindi olmasdan (gil’otin 
va diskli qaychida, pressda) va qirindi olib (frezerlash, diskli arra va rezes bilan 
kesish).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Kesish jarayonida kuchlanish- Gil’otin qaychining 
larning taqsimlanishi kinematik sxemasi 
1 - elektr yuritkich, 2 - shkiv-mahovik,
3 - uzatuvchi mexanizm, 4 - harakatchan pichoq, 
5 - qo‘zg‘almas pichoq. 
Qaychilarda kesish jarayoni asbob pichoqlari bilan material mustahkamlik 
chegarasidan yuqori kuchlanish hosil qilishga asoslangan. Jarayon boshida material 
eziladi, so‘ng esa kesish kuchlanishi ortishi bilan urinma kuchlanishidan katta siljish 
kuchlanishi hosil bo‘ladi. Zagotovkaning 0,2-0,5 qalinligiga qaychi pichoqlari 
botganda, materialning bir qismi ikkinchisidan ajraydi. Kuch R qaychi 
pichoqlarining turli teshiklariga uzatilayotgan bo‘lgani uchun eguvchi moment 
19 


M=R·a va unga qarshi moment M
1
=T·s lar hosil bo‘ladi (5.1-rasm). 
Yuqorida qayd etilgan momentlar ta’sirida zagotovka gorizontal tekislikda 
ma’lum bir 
γ burchakka og‘ishga harakat qiladi. Albatta, bunday hol kesish 
jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Og‘ish burchagini kamaytirish maqsadida qaychiga 
maxsus moslama o‘rnatiladi. 
Mexanik kesish jarayonida materialning kesilish joyida ayrim nuqsonlar 
paydo bo‘ladi: darz ketish, ezilish va
pitir (zausenes) lar.
Metallarda kristallik 
tarkibining o‘zgarish hollari paydo bo‘ladi. Shu sababli, ayrim guruhdagi detallarga 
qo‘shimcha mehanik ishlov berish kerak.
Payvandlanuvchi konstruksiya detallariga kesishdan so‘ng, mexanik ishlov 
berish zarurati yo‘q.
Mexanik kesish metallarning sovuq holatida bajariladi. Organik, nometall 
materiallar (tekstolit, viniplast, getinaks, orgsteklo va h.) ni kesishda, ularni 
dastavval qizdirish kerak. Fibra va kartonni kesishdan avval esa, namlash zarur. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling