O‘zaro ta’sirdagi moddalar konsentratsiyasining o‘zgarish
xarakteri reaksion
hajmning hamma nuqtalarida bir xildadir. Lekin, hajmning biror nuqtasi
uchun
vaqt bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Bu turdagi qurilmada reaksiya davomiyligini
bevosita o‘lchash mumkin, chunki reaksiya vaqti va reaksion hajmda
reagentlarning ta’sir vaqti bir xil. Davriy qurilmalarda texnologik jarayon
parametrlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.
Bunday reaktorlar ish unumdorligi kichik va ularni avtomatlashtirish, hamda
rostlash qiyin.
Uzluksiz ishlaydigan reaktorda kimyoviy aylanish
jarayonining hamma
bosqichlari parallel va bir vaqtda yuz beradi (3.3-rasm).
O‘zaro ta’sirdagi moddalar konsentratsiyasining o‘zgarish xarakteri har bir
daqiqada reaksion hajmning turli nuqtalarida har xil. Lekin, hajmning biror
nuqtasi uchun vaqt bo‘yicha o‘zgarmasdir. Bu
turdagi qurilmada reaksiya
davomiyligini bevosita o‘lchash
mumkin emas, chunki uzluksiz ishlaydigan
qurilmalarda reaksiya vaqti va reaksion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti
turlicha. Umumiy holda, moddalarning reaktorda bo‘lish vaqti
aralashtirish
intensivligi, oqimlar tarkibiga bog‘liq va har bir qurilma uchun alohida bo‘ladi.
Yarim uzluksiz reaktorlar noturg‘un sharoitda ishlaydi, ya’ni ba’zi bir
reagentlar
uzluksiz, boshqalari esa - davriy uzatiladi.
Ushbu turdagi reaktorlar kichik tonnajli ishlab chiqarish
korxonalarida,
ayniqsa ekzotermik reaksiya o‘tkazish zarur bo‘lgan jarayonlarda qo‘llanilishi
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: