Kimyo 34 ta 30 talik 07. 2020 jar atm (1020 ta savol) 30 talik №1
Download 0.55 Mb.
|
KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30 talik № 19
30 talik № 18
Teng mol nisbatda olingan neon va allen aralashmasining massa nisbatini aniqlang. A) 1:1 B) 1:2 C) 3:1 D) 1:5 H2SO4 molekulasida nechta sp3 – gibridlangan orbital bog’ hosil qilishda qatnashgan? A) 12 B) 16 C) 10 D) 8 1) ; 2) ; 3) atomlarini mos ravishda a) izotop; b) izoton; c) izobarlarga ajrating. A) a – 1, 2; b – 2, 3; c – 2, 3 B) a – 1, 3; b – 2, 3; c – 1, 2 C) a – 1, 2; b – 1, 3; c – 2, 3 D) a – 2, 3; b – 1, 2; c – 1, 3 Quyidagi atom tuzilish modeli qaysi elementga tegishli? A) kislorod B) ftor C) neon D) azot Fe2(SO4)3 dagi barcha σ – bog’lar sonidan Bi2(SO3)3 dagi barcha σ – bog’lar soni ayirmasini aniqlang. A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 500 C dagi tezligi 48 mol/lmin ga teng bo’lgan reaksiya 300 C da 30 sek dan keyin 18 mol modda miqdori 3 marta kamaysa, reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini () aniqlang. Idish hajmi 2 litr. A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 80 gramm SO3 ga suv qo’shilganda olingan oleum tarkibidagi vodorod atomlari sonining oltingugurt atomlari soniga nisbati 3:2 bo’lsa, oleumdagi kislota massasini (g) aniqlang. A) 24,5 B) 49 C) 73,5 D) 29,4 Ozonning massa ulushi 60 % bo’lgan kislorod – ozon aralashmasining o’rtacha molyar massasini (g/mol) toping. A) 38 B) 35 C) 40 D) 36 360 g eritmaga ma’lum miqdorda suv qo’shilganda, eritmaning massa ulushi 2,5 marta kamaysa, eritmaga qo’shilgan suvning massasini (g) toping. A) 450 B) 640 C) 780 D) 540 10% li sulfat kislota eritmasi tok o’tkazmasligini ta’minlash uchun 5 A tok bilan 26,8 soat davomida elektroliz qilindi. Dastlabki eritma tarkibidagi kislotaning massasini (g) aniqlang. A) 45 B) 50 C) 10 D) 5 Molyarligi bir xil bo’lgan qaysi tuz eritmasida ionlar miqdori (mol) kam bo’ladi? A) NaNO2 B) (NH4)2SO3 C) ZnBr2 D) BaS 200 g 47 % li mis(II) nitrat eritmasi massalari 30 g dan bo’lgan ko’mir elektrodlar ishtirokida to’liq elektroliz qilindi. Katod ajratib olinib konsentrlangan sulfat kislota eritmasida eritilganda necha mol gaz(lar) ajraladi? A) 8 B) 0,5 C) 4 D) 6 Amfoter oksidga ega bo’lmagan qatorni ko’rsating. A) BeO, ZnO B) SnO2, MnO2 C) Cu2O, FeO D) Al2O3, PbO 400 g suvda qaysi moddadan 120 g eritilsa, 3 molyalli (mol/kg) eritma hosil bo’ladi? A) MgSO4 B) CuSO4 C) KHCO3 D) Mg(NO3)2 Quyidagi reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi oldidagi koeffitsiyentlar farqini toping. As2S3 + HNO3 = H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O A) 21 B) 12 C) 23 D) 14 0,2 M natriy fosfat (a = 75 %) va 0,4 M alyuminiy xlorid (a = 60 %) dissotsialanishidan hosil bo’lgan anionlar sonini kation sonidan ayirmasini aniqlang. A) 0,36 B) 0,75 C) 0,23 D) 0,18 Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, X ning qiymatini toping.
A) 4 B) 3 C) 1,5 D) 2 pH va pOH qiymatlari 1:1,8 nisatda bo’lgan 500 ml eritmada nechta H+ ionlari bo’ladi? A) 3,01 1018 B) 6,02 1020 C) 3,01 1019 D) 15,05 1018 200 g 40 % li eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20 % li eritma qo’shilganda 34 % li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan? A) 36 B) 24 C) 12 D) 20 NaBr va NaJ dan iborat aralashma bromli suv orqali o’tkazilgandan keyin aralashma massasi 4,7 grammga kamaydi. Hosil bo’lgan aralashma xlorli suvga tushirildi. Bunda aralashma massasi yana 17,8 g ga kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi NaJ ning massasini (g) toping. A) 15 B) 30 C) 45 D) 60 Quyidagi grafikdan foydalangan holda, TX3 va Z2Y5 birikmalarining molyar massalari yig’indisini hisoblang. A) 222 B) 226 C) 233 D) 238 Tarkibida 5 ta birlamchi, bitta uchlamchi va bitta to’rtlamchi uglerod atomlari bo’lgan uglevodorodni aniqlang. A) 2,3,4 – trimetilpentan B) 2,2 – dimetilbutan C) 2,2,3 – trimetilbutan D) 2,3 – dimetilbutan Qaysi alkenning kislotali muhitda KMnO4 bilan oksidlanishidan ham kislota ham keton hosil bo’lmaydi? A) 2 – metilbuten – 1 B) 2,3 – dimetilbuten – 2 C) 2 – metilbuten – 2 D) 3 – metilpenten – 2 Alkadiyenni to’liq yoqish uchun undan massasi 3,2 marta ko’p bo’lgan kislorod sarflandi. Ushbu alkadiyenning birinchi uglerod atomi qanday oksidlanish darajaga ega? A) – 1 B) 0 C) – 3 D) – 2 Teng miqdorda (mol) olingan glitserin va etilenglikol tarkibidagi uglerod atomlari sonlari nisbatini toping. A) 1:4 B) 1:1 C) 3:2 D) 1:3 To’yingan bir atomli spirtning 24 g miqdori molekulalararo degidratlanganda 3,6 g suv hosil bo’ldi. Ushbu spirt tarkibidagi C – H bog’lar soni C – C bog’lar sonidan nechtaga farq qiladi? A) 5 B) 4 C) 3 D) 6 Anilin molekulasidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig’indisini aniqlang. A) – 5 B) – 6 C) + 4 D) – 4 0,2 mol polipeptid gidrolizidan hosil bo’lgan aminokislotalarni neytrallash uchun 730 g 20 % li HCl eritmasi sarflandi. Polipeptid nechta aminokislota qoldig’idan tarkib topganligini aniqlang. (polipeptid faqat monoaminokislota qoldig’idan tarkib topgan). A) 40 B) 15 C) 20 D) 30 xCO + 5H2 Cn H2n+2 + xH2O Ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha qanday alkan sintez qilish mumkin? A) metan B) etan C) propan D) butan 2 mol glukozaning etil spirtli bijg’ishidan olingan mahsulot(lar)ni to’liq neytrallash uchun NaOH eritmasidan 800 g sarflandi. Ishqor eritmasining konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 40 B) 30 C) 60 D) 50 30 talik № 19 Mis(II) – gidroksidi to’liq qizdirilganda olingan qora massa vodorod oqimida qaytarildi. Ikkala reaksiyada olingan suv umumiy massasi 27 g bo’lsa, necha g mis(II)-gidroksid parchalangan? A) 147 B) 98 C) 117,6 D) 73,5 Cu metali havoda oksidlanganda 2% kislorod tutgan aralashmani hosil qildi. Shu aralashma tarkibida necha % massa qism erkin metall bor? A) 84 B) 88 C) 90 D) 92 Necha g CaCO3 parchalanganda olingan oksidlar massalari farqi 3,6 g bo’ladi? A) 30 B) 50 C) 40 D) 45 Natriy karbonat eritmasiga yetarli miqdorda kremniy(IV) – oksidi solinganda eritmadan 11,2 litr (n.sh.) gaz ajralib chiqdi va eritma massasi 3,2% ga ortdi. Dastlabki tuz eritmasi massasini (g) aniqlang. A) 212 B) 200 C) 250 D) 265 31,5 g nitrat kislota olish uchun necha g N2O5 kerak? A) 18 B) 27 C) 30 D) 24 Qaysi oksidlar faqat asoslar bilan reaksiyaga kirishadi? 1) ZnO; 2) CuO; 3) SO2; 4) Al2O3; 5) CO2; 6) CaO A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 5 Qaysi moddaning 5 ta molekulasi tarkibida 90 ta elektron va 15 ta atom bo’ladi? A) N2H4 B) H2S C) C2H6 D) H2O2 31,5 % li X g Na2SO3 eritmasi va 36,5% li Y g HCl eritmalari qoldiqsiz ta’sirlashganda 87,75 g NaCl tuzi tutgan Z g eritma olingan bo’lsa, necha litr (n.sh) gaz ajralgan? A) 33,6 B) 11,2 C) 22,4 D) 16,8 Quyidagi moddalardan nechtasi qattiq holatida kristall tugunlarida molekulalar tutmaydi? 1) NaCl; 2) CO2; 3) naftalin; 4) J2; 5) suv 6) olmos A) 4 B) 5 C) 2 D) 3 Qaysi modda tarkibida p + n + e yig’indisi 124 ga teng? A) H2SO4 B) H2SO3 C) H3PO4 D) HNO3 Sulfat tuzi tarkibida metall massa ulushi kislota qoldig’inikidan 2/3 marta katta bo’lsa, tuz molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 160 B) 392 C) 342 D) 400 Ozon kim tomonidan kashf qilingan? A) J. Pristli B) M. Marun C) K. Sheele D) Lavuazye 200 g 8 % li CuSO4 eritmasi 1,4 F tok bilan elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida sarflangan suvning massasini (g) aniqlang. A) 12,6 B) 10,8 C) 9 D) 14,4 Bugungi kunda yadro zaryadlari bilan farq qiladigan atomlarning turi nechta? A) 116 B) 118 C) 112 D) 109 Kalsiy metali necha g suvda eritilganda X g 4% li eritma va 2,24 litr (n.sh.da) gaz ajraladi? A) 181,2 B) 177,6 C) 174,8 D) 157,6 Xlorid anionida s – va p – elektronlar qanday eng kichik nisbatda bo’ladi? A) 3:4 B) 2:3 C) 1:2 D) 1:3 He ga nisbatan zichligi 1,8 ga teng bo’lgan azot va vodorod gazlari aralashmasi katalizator ishtirokida yuqori bosim va harorat ta’sirida 100 % unum bilan reaksiyaga kirishganda olingan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang. A) 3,6 B) 6 C) 4,8 D) 5 Nitrid tarkibida metall va metallmas massa ulushlari farqi 20 % bo’lsa, metallni aniqlang. A) Li B) Ca C) K D) Na 250 g 30% li tuz eritmasini tayyorlash uchun necha g tuz kerak bo’ladi? A) 280 B) 30 C) 100 D) 75 Qaysi modda oksidlanganda sirka kislota va metiletil keton hosil bo’ladi? A) 2 – metilpenten – 2 B) 3 – metilpenten – 2 C) 4 – metilpenten – 2 D) 4 – metilpenten – 1 (Cr(OH)2)2SO4 tarkibidagi Cr ning valentligini ko’rsating. A) II B) V C) III D) IV Eritmalar uchun o’rinsiz jumlani tanlang. A) zichlikka va massaga ega B) bir jinsli sistemalar C) konsentratsiyaga ega D) gaz va cho’kmaga ega Quyidagi moddani ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang: CH3 – CH(CH3) – C C – CH3 A) 4 – metilpentin – 2 B) metilizopropilatsetilen C) 2 – metilpentin – 4 D) metilpropilatsetilen Quyidagi tartib raqamlar ketma – ketligida elementlar asosli oksidlarining asoslik xossalari qanday o’zgaradi? 1) 11 → 19; 2) 19 → 20; 3) 20 → 38; 4) 38 → 37 a) ortadi; b) kamayadi A) 1a, 2a, 3b, 4a B) 1a, 2b, 3a, 4a C) 1b, 2a, 3a, 4b D) 1a, 2a, 3a, 4b Metil spirtda sp3 – orbitallar soni nechta A) 0 B) 12 C) 4 D) 8 A + B → C + 3D reaksiya tenglamasi bo’yicha 2 mol A va B modda aralashmasi reaksiyaga kirishgan bo’lsa, necha mol mahsulotlar aralashmasi hosil bo’lgan? A) 2,5 B) 3,2 C) 4 D) 3 Asosli oksidlarning olinishi qaysi bandda keltirilmagan? A) ayni metallarni kislorodda oksidlab B) tegishli metall tuzlarini parchalab C) tegishli asoslarni parchalab D) tuzlarga kislotalar ta’sir ettirib Stexiometrik nisbatda olingan alkin va kisloroddan iborat 10 mol aralashma portlatildi. Suv bug’lari kondesatlangandan keyin bosim 40 % ga kamaygan bo’lsa, alkinni aniqlang, (T = const; P = const) A) etin B) pentin C) propin D) butin 0,25 mol CaXO3 massasi 35,75 g bo’lsa, X element tartib raqamini aniqlang. A) 25 B) 12 C) 16 D) 34 Noto’g’ri jumlani tanlang. A) elementar zarralar ham atom va molekulalar singari materiya turlaridir B) atom va molekulalar materiya turlaridir C) atom va molekulalar elementar zarralardan iborat D) elementar zarralar atomlar singari materiya turlari emas Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling