- 1 g metall suv bilan to‘liq reaksiyaga kirishib, 0,05g vodorodni siqib chiqaradi. Metallning ekvivalentini aniqlang. Agar metall ikki valentli bo‘lsa, uning atom massasi nechaga teng bo‘ladi?
- Qo‘rg‘oshin oksidi tarkibida 86,6 % qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Bu birikma dagi qo‘rg‘oshinning ekvivalenti va valentligini aniqlang.
- 11,225 g kislotani neytrallash uchun 1 g o‘yuvchi natriy sarflandi. O‘yuvchi natriyning ekvivalentini 40 g/molga teng deb olib, kislotaning ekvivalentini aniqlang.
- Uch valentli metall xlorid tarkibida 34,42 % metall va 65,58 % xlor bor. Metallning ekvivalentini aniqlang.?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: - Darslikning 115–sahifasidagi Ekvivalentlikka oid 1-, 2-, 5-, 6-, 7-, 8- topshiriqlarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |