Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan
Download 0.53 Mb.
|
Pop.ek. UMM-2022 (1)
2. Populyasiyani aniqlash.
Populyasiya tushunchasini aniqlash yoki unga ta’rif berish oson emas, u murakkabligi bilan ajralib turadi. Buning sabablari bir nechta: 1. Populyasiya tadqiqot obyekti sifatida faqat ekologlarni qiziqtirib qolmasdan, biz ko’rsatganimizdan genitiklar va mikroevolyusiya bo’yicha mutaxassislarni ham qiziqtiradi. Muammo shundaki ,populyasiyani aniqlashda xar hil mutaxassislar turlicha yondashadilar. 2. Populyasiyalar ko’p holatlarda murakkab ierarxik strukturaga ega bo’lib, u nisbatan kichik struktura birliklariga (masalan, metapopulyasiya, parsellalar, oila va b.q.) bo’linadi. Bu yerda kelishuvmovchilik shundan iboratki, chunki bu ierarxik darajalariga har hil tadqiqotchilar turlicha ahamiyat beradi. 3. Bundan tashqari har hil sistematik guruhlarga ta’luqli organizmlar har hil ob’yektlar sanaladi va ularni shartli ravishda populyasiyalar so’zi bilan atash mumkin. Masalan. Mikrobiologlar qaysidir bakteriyaga ,,populyasiya’’ termini orqali yondashgani bilan, yaylov o’simliklarini tadqiq qilayotgan botanik yoki fillarni o’rganayotgan zoolog singari munosabatda bo’lmaydi. Ilk bor populyasiya so’zi (atamasi) Qadimgi Gretsiya va Rimda odamlarning yig’ilishi yoki jamoasiga nisbatan qo’llanilgan. Populyasiya tushunchasi ilmiy termin sifatida birinchi marotaba Iogansen tomonidan 1903 yilda foydalanilgan. Shundan keyin bir qator tadqiqotchilar ,,populyasiya” ga o’z ta’riflarini berishgan. 1. Perl ( Reagl, 1937) - ,,Populyasiya deb bir qancha makon va zamon doirasida ajralgan tirik individlar guruhi’’ga aytiladi. 2. Gilyarov (Gilyarov, 1981) - ,, Ma’lum territoriyalarda yashovchi bir turga mansub individlar majmuasi’’ 3. Xadorin,Vener (Xadorn, Vener 1989) - ,,Ma’lum biotopdagi tur individlari majmuasi’’ 4. Pianka ( Pianka, 1981 ) - ,,Boshqa tur individlariga nisbatan, o’z turiga tegishli individlar bilan chatishish ehtimolligi yuqori bo’lgan ma’lum bir tur individlari guruhi’’ 5. Populyasiya haqida eng muvofaqiyatli tariflardan biri rus olimi Yablokov (1987 ) tomonidan berilgan. U ,,Populyasiya o’z-o’zini ishlab chiqaruvchi bir tur individlarini minimal guruhi bo’lib, u uzoq evolyusion davrlar mobaynida ma’lum makonda mavjud hamda shu genetik sistemaga ega bo’lib, o’zining ekologik maydonida shakllanadi”. 6. G’. Bobonazarov (2018 ) - ,,Populyasiya-bu bir turga mansub individlar yig’indisi”. Populyasiyalar mohiyatini aniqlashning bu holatlari bir necha aniqliklar kiritishni taqoza qiladi. 1. O’z - o’zini ishlab chiqaruvchi minimal guruh – evolyusion jarayonlarda ishtirok etishi mumkin bo’lgan – individlar guruhi. Muhit omillarining keskin o’zgarishlari populyasiyani uzoq yashashi uchun ma’lum darajada minimal miqdorga ega bo’lishi kerak. 2. Mustaqil genetik sistema. Agar chatishish mezonlariga (panmiksiya) ,,populyasiya’’ tushunchasini kiritadigan bo’lsak, obligat partenogenetik va agamik guruhlar uchun bu tushunchani qo’llash mumkin bo’lmay qoladi. Masalan. ,,Agamiya’’- jinsiy ho’jayralar ishtirokisiz ko’payish yoki bo’linish, kurtaklanish. Partenogenez – urg’ochi jinsiy hujayralarining, urug’lanmasdan, erkak jinsiy hujayralari ishtirokisiz ko’payishi. Yuqorida ko’rsatilgan ko’payish usullariga qaramasdan populyasiyalarning agamik va partenogenetik formalarida ham genetik jihatdan har xil individlar, ya’ni mustaqil genetik sistemalar shakllanadi. Ko’pgina holatlarda agamik populyasiyalar fenotipik va genotipik jihatdan jinsiy yo’l bilan ko’payadigan populyasiyalarga nisbatan ko’proq o’zgaruvchan bo’ladi. 3. Xususiy ekologik giperhudud ( giperirostranstvo ). Ekologik o’rin konsepsiyasi va giperhudud haqida keying boblarda tanishamiz. Har bir tur populyasiyasi o’zining ekologik xarakteriga ega. Shunga bog’liq holda populyasiya yangi hududni va uni resurslarini o’zlashtira olishiga qarab populyasiya aerali kengayishi mumkin. Shu narsa ma’lumki bizning dunyoga ideal aniq narsani o’zi yo’q, hali ko’p narsalar mavhum. Bu populyasiyalarni aniqlashga ham ta’luqli hisoblanadi. Masalan. Hamma populyasiyaning barcha individlari aniq bir maydonda yashaydi deyiladi. Shunday bo’lsa hayvon va o’simliklarning ,,geteroton’’ turlari, ya’ni ular hayotiy sikllarini har xil bosqichlari har xil muhitda o’tadi. Bunga misol qilib lichinkalik davri suvda, voyaga yetganda quruqlik organizmiga aylanuvchi pashshalarni olish mumkin. Yana bir boshqa misol parazit organizmlar – trematodalar, odatda partenogenetik yo’l bilan ko’paygandan keyin birinchi oraliq xo’jayinlaridan suvga chiqib plankton lichinka - serkariy hosil bo’ladi. Serkariylar ikkinchi oraliq xo’jayinga o’tgunga qadar suv havzalari planktoni tarkibida mustaqil populyasiya hosil qiladi. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan organizmlarga nisbatan V. I. Beklemishev ,,gimepopulyasiya’’ (hemipopulation) atamasini taklif qiladi. “Gemipopulyasiya - deb populyasiyalarning individlari hayotiy sikli har xil bosqichlarini, alohida muhitda mustaqil o’tovchi qismiga aytiladi. Parazit organizmlar uchun birgina gemipopulyasiya termini bilan ishlab bo’lmaydi. Chunki bunday holatda ishlash yana ham murakkablashadi, chunki parazitlar yana qator populyasion guruhlarga ajratiladi. Masalan : 1. Makropopulyasiya - bir parazit tur barcha gemipopulyasiyalarini xo’jayini populyasiyasida birgalikda yashaydi. 2. Mikropopulyasiya - bir parazit tur barcha individlarini – xo’jayini ichida yoki bitta individda birgalikda yashashi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling