Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan
-mаvzu: Populyatsiyalаr mohiyati. Orgаnizmlаr populyatsiyalаrini strukturа vа funksionаl xususiyatlаri
Download 0.53 Mb.
|
Pop.ek. UMM-2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаyanch iborаlаr
- 1. Populyatsiya mohiyati
2-mаvzu: Populyatsiyalаr mohiyati. Orgаnizmlаr populyatsiyalаrini strukturа vа funksionаl xususiyatlаri
R e j а : 1. Populyatsiyalаr mohiyati. 2. Populyatsiyalаrning biologik аhаmiyati vа mаxsuldorligi. 3. Populyatsiyalar sutrukturа vа funksionаl xususiyati. 4. Populyatsiyalаr miqdori vа zichligi. 5. Populyatsiyanng umumiy soni,miqdori(tub vа bosh soni). 6. Tаmgаlаsh usuli vа uning аhаmiyati. 7. Populyatsiyalаr zichligi vа uning ifodаlаnishi. Tаyanch iborаlаr: Populyatsiya nimа; polimorf, monomorf turlаr; populyatsiyalаrni biologik аhаmiyati; populyatsiyadа energiya о‘zlаshtirilishi; populyatsiyaning xаrаkterli belgilаri; moslаshish imkoniyati; strukturа vа funksionаl xususiyatlаri. Stаtik kо‘rsаtkich; umumuy soni; tub soni; bosh soni; populyatsiyalаr soni, miqdorini аniqlаsh usullаri; tаmg‘аlаsh usuli; zichlik vа uning ifodаlаnishi. 1. Populyatsiya mohiyati Populyatsiya – tаshqi muhit о‘zgаrishlаrigа moslаshish reаksiyasigа egа bо‘lgаn, о‘z-о‘zini ishlаb chiqаruvchi, bir-biri bilаn о‘zаro аloqа qiluvchi bir turgа mаnsub hаr xil individlаri mаjmuаsidir. Bu о‘z-о‘zini regulyatsiya qiluvchi ochiq sistemа bо‘lib tur mаvjudligining elementаr formаsidir. Polimorf vа monomorf populyatsiyalаr. Populyatsiyalаr ikki tipgа аjrаtilаdi. А) Polimorf turlаr - bir-biridаn fаrq qiluvchi bir nechtа populyatsiyalаr mаvjud bо‘lsа. B) Monomorf turlаr - bittа populyatsiyasi mаvjud. Ikkаlа turlаr populyatsiyasi hаm xаr xil yashаsh muhitining tа’siri tufаyli sodir bо‘lаdi. Biologik polimorfizm qаnchаlik yaqqol kо‘zgа tаshlаnsа, individlаr shunchа rаng-bаrаng bо‘lаdi vа tаshqi muhitning ritmik vа tаsodifiy о‘zgаrishlаrgа oson moslаshаdi. Shu sаbаbli mu’tаdil mintаqаdа tаrqаlgаn turlаr, tropik, ekvаtoriаl mintаqаdаgi turlаrgа nisbаtаn murаkkаb strukturаgа egа. Doimo tor аreаldа yashovchi turlаrgа nisbаtаn keng doirаdа, аkvotoriyadа yashovchi turlаr polimorf sаnаlаdi. Organizmlarning qanday majmuasini populyasiya deyish mumkinligini ustida har doim tortishuvlar bo’lib kelgan. Chunki birinchidan populyasiya tushunchasi faqat ekologlargina emas, balki genetiklar va mikroevolyusiya tadqiqotchilarini ham qiziqtiradi. Binobarin ular populyasiyani turlicha talqin etishadi. Ikkinchidan populyasiya murakkab struktura bo’lib, u yanada kichikroq birliklarga ajraladi. Ko’p hollarda ekologlar ham populyasiya tushunchasini ma’nosi haqida o’ylamay u yoki bu territoriyada tarqalgan ma’lum tur individlarning yig’indisi deb tushunadilar. Masalan. Ekosistemani tahlil qiluvchi ko’pchilik tadqiqotchilar shunday tushunadilar. Populyasiya deganda ular ekosistemaga kirgan bir tur individlarining majmuasini tushunadilar. Populyasiyaning geterogen strukturasi - individlarning xilma - xilligi nazardan chetda qoladi. Lekin populyasiyani o’rganuvchi ekologlar albatta uning geterogen strukturasini ya’ni bir individning boshqasiga o’xshamasligini hisobga olishga majburdirlar. Populyasiyaning genetik tarkibini bilish individlar sonining o’zgarishi aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Genetiklar odatda populyasiya deganda u yoki bu darajada alohidalashgan o’z - o’zini yarata oladigan o’zaro genetik bog’langan individlavr guruxini tushunadilar. Dastlab genetika erkin chatishish yuz beradigan individlar guruxini populyasiya deb qaraganlar. Lekin keyinchalik bunday individlar majmui tabiatda juda kam uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari tabiatda o’z-o’zidan changlangan yoki faqat vegetativ yo’l bilan ko’payadigan turlar ham mavjud. Shuning uchun genetiklar hozirgi vaqtda populyasiyaga ta’rif berganlarida erkin chatishtirish haqida gapirmaydilar. Ba’zi olimlar S.Shvars, A.B.Yablokov populyasiya terminini faqat uzoq vaqt boshqa analogik guruhlar bilan aloqasiz yashay oladigan organizmlar majmuiga nisbatan qo’llash mumkin deb talqin qiladilar. Lekin bunday holatni aniqlash juda qiyin chunki tadqiqot va kuzatishlarning buncha uzoq davom ettirishning iloji yo’q. Bundan tashqari populyasiyalar hayoti davomiyligini astronomik vaqt emas, balki biologik soat bilan oddiyroq qilib, avlodlar soni bilan o’lchashimiz kerak. Genetiklar va mikroevolyusiya mutaxassislari kichik guruhlarini populyasiya deb atashdan o’zlarini tiyadilar, chunki genetik jihatdan bu guruhlarni yetuk deb hisoblamaydilar, hamda bu guruhlar inbriding ta’siriga bardosh bera olmasligi mumkin. Haqiqatdan ham populyasiyalar qanchalik kichik joyda tarqalgan bo’lsa, ularda geterozeggotlik shunchalik kam bo’ladi. Lekin kichik guruhlar ham ba’zan yetuk populyasiyalar berishi mumkin. Masalan. Bir joydan ikkinchi joyga keltirilgan individlar ko’pincha yetuk populyasiyalarga aylanadi. Bundan tashqari juda kichik genetik o’zgaruvchanlikka ega turlar ham bor. Kichik guruhlarning uzoq vaqt mavjud bo’la olishi yoki nobud bo’lmasligi faqat ularning genetik xilma - xilligiga emas, balki ekologik sharoitga ham bog’liqdir. Keyingi vaqtlarda kichik guruhlar ham yetuk populyasiyalarga aylanishi mumkinligiga ishonch ancha o’sdi. Chunki har qanday organizm neytral mutatsiyalar orqali genetik o’zgarish imkoniyatlariga ega ekanligi aniq bo’lib qoldi. Ekologiyada ekosistemali yondashadigan ekologlar odatda populyasiya deganda, ekosistema tarkibiga kirgan turning barcha individlari majmuini tushunadilar. Bunday ta’rifning kamchiligi shuki, ekosistema chegarasini aniq aytish qiyin. Lekin ba’zi hollarda bu qarash o’zini oqlaydi. Populyasiyalarni o’rganuvchi tadqiqotchiga bu tushuncha yetarli emas. Chunki birinchidan shunday holatlar ham borki bir tur individlari bir ekosistemadan boshqasiga o’tib turishi mumkin. Maslan. Ninachilarning lichinkasi suvda rivojlanadi, yetuk davri quruqlikda. Bunday hayotiy rivojlanish bosqichlarini turli yashash muhitida o’tkazadigan bir tur individlari majmuini V.N. Beklemishev gemipopulyasiyalar deb atagan. Ikkinchidan, bir ekosistemada genetik jihatdan alohidalashgan bir necha populyasiyalr yashashi mumkin va ularning ekologik xususiyatlari turlicha bo’lishi mumkin. Populyasiyalarni talqin qilishda organizmni barcha hayotiy davridagi e’tibor berish kerak, qaysi ekosistema tarkibiga kirishidan qat’iy nazar. Shundagina populyasiyada yuz bergan hodisalarni tushunib olish mumkin. Masalan. Bentosda yashaydigan dengiz yulduzi populyasiyasida vaqti-vaqti bilan yoppasiga ko’payish yuz beradi. Ular marjon riflar bilan oziqlanadi. Uzoq va yoppasiga ko’payishning sababi olimlarga qorong’i bo’lib keldi. Dengiz yulduzining lichinka stadiyasini o’rganish natijasida bu savolga javob topildi. Aniqlanishicha uning lichinkalari plankton holatida yashaydi va 3 yil rivojlanadi. Fitoplankton soni yuqori bo’lgan yillarda lichinkalar yaxshi rivojlanar ekan va keyinchalik dengiz yulduzlarining yoppasiga ko’payishi bentosda sodir bo’lar ekan. Ba’zi hollarda ekologlar populyasiya deb hisoblovchi individlar majmui genetik jihatdan bunday aniqlashga mos kelmaydi, chunki individlar o’rtasida gen almashinish sodir bo’lmaydi. Masalan. Kichik suv havzasida yashaydigan dafniyani genetik ta’sir qilish natijasida 5 ta partenogenez yo’li bilan ko’payadigan klonlar aniqlangan. Agar ekologlarni ya’ni shu havzadagi dafniyaning zichligi, konkurentlar bilan aloqasi qiziqtirsa, u bu klonlarning hammasini bitta populyasiya deb qarashi mumkin. Agar populyasiyadagi hodisalarning nozik mexanizmlari aniqlashi kerak bo’lsa, bu majmuaning ichki strukturasiga ko’proq e’tibor berishga to’g’ri keladi. Umuman turning arealida bir-biri bilan bog’langan turli guruhlarni ajratish mumkin. Tadqiqotchi oldiga qo’yilgan aniq vazifaga bog’liq holda bu guruhni populyasiya deb qarash yoki qaramaslik mumkin. Shunday qilib, ekologik jihatdan populyasiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin . “Populyasiya – o’z - o’zini yaratishga qobiliyatli, shu turning boshqa individlar majmuasidan makonda va zamonda alohidalashgan bir turga mansub individlar majmuasidir”. Populyasiya individlar majmuasi sifatida quyidagi belgilari yoki ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi: 1. Populyasiya soni, miqdori - egallagan maydondagi individlarning umumiy soni; 2. Populyasiya zichligi - maydon yoki hajm birligidagi individlar soni; 3. Tug’ilish - vaqt birligida ko’payish natijasida paydo bo’ladigan yangi indivilar soni; 4. O’lim - ma’lum vaqtga nobud bo’lgan individlar soni; 5. Populyasiya sonining o’sishi - o’lim va tug’ilish o’rtasidagi farq; 6. O’sish tezligi - vaqt birligi ichida populyasiya sonining o’sishi; Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling