Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Avlod yaratish tezligi va populyasiyaning o’sish tezligini aniqlash


Download 0.53 Mb.
bet37/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

3. Avlod yaratish tezligi va populyasiyaning o’sish tezligini aniqlash.
Populyasiya soni o’zgarishi haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun va uning tezligini aniqlash uchun turli yoshdagi individlar orasida o’limning aniqlash bilan birga turli yoshdagi organizmlar o’rtasida tug’ilishning taqsimlanishi va qaysi yoshda organizmlar ko’payishni boshlashini bilish ham muhim. Shuning uchun yashab qolish jadvaliga qo’shimcha grafalar kiritamiz.
Bu grafalarning 1 - siga nidividlar yoshi - x, 2 – siga boshlang’ich yoshdan-hozirgi yoshgacha yashab qolgan individlar hissasi - lx (1 ta individ hisobiga). 3 - siga shu yoshdagi , bitta ona individ hisobiga dunyoga kelgan individlarning o’rtacha hissasi - mx (1 ta individ hisobiga), 4 - siga yashab qolgan individlar hissasi bilan ularning o’rtacha serpushtligi ko’paytmasi - lx mx.
Hayvon populyasiyalarida ko’payish tezligini hisoblash jadvali.

x

lx

mx

lxmx

0

1,00

0

0

1

0,60

0

0

2

0,50

0

0

3

0,45

2,0

0,90

4

0,40

2,5

1,00

5

0,37

1,5

0,55

6

0,33

1,0

0,33

7

0,20

0,5

0,10

8

0,10

0,1

0,01

9

0,05

0

0

10

0,00

0

0










lxmx = 2,89

Jjadval bo’yicha oxirgi kattalik yig’indisi populyasiyadagi avlod yaratish tezligini ifodalaydi:



R0- avlod yaratishning sof tezligi. R0- avlod yaratishning sof tezligi 1 ta avlodda populyasiya soni necha marta oshganligini ko’rsatadi. Agar R0 = 1 bo’lsa, populyasiya turg’un bo’ladi, populyasiya soni doimiy bo’ladi, chunki bo’lajak avlod oldingi avlod o’rnini to’la qoplaydi. R0 kattalik organizmning turiga va yashash sharoitiga qarab o’zgarib turadi. Masalan. Qo’lay laboratoriya sharoitida Microtus agrestis dala sichqoni uchun R0 = 5,9 bo’lsa, sholi uzun buruniniki R0 = 113,48 ga teng. Ya’ni, qo’lay sharoitda dala sichqoni populyasiyasi bir avlod davomida 6 marta ko’paysa, sholi uzun buruniniki 113 marta ko’payadi. Umr uzoqligi turlicha bo’lgan turlarni taqqoslaganda R0 kattalikdan foydalanish noqo’layroqdir. Shuning uchun ko’pincha bunday holatlarda r kattalik, ya’ni populyasiya o’sishining tezligi ishlatiladi.


Bu ikki kattalik orasidagi bog’liqlikni quyidagicha topamiz. Faraz qilaylik, bir avlod umriga teng T (generasiyavaqt vaqtiga =) oralig’ida populyasiya eksponensial o’sadi. Bu holda T vaqt oralig’ining oxirida populyasiya soni:



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling