Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Populyatsiyalar ekologiyasini ekologik fanlar tizimidagi o’rni


Download 0.53 Mb.
bet5/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

1. Populyatsiyalar ekologiyasini ekologik fanlar tizimidagi o’rni
Biosferani faqatgina tizimni yondashuv orqali o’rganish mumkin. Bu tiriklik va unga bo’ysunadigan barcha darajalarning tabiiy differensiyasi bilan aniqlanadi. Bu differensiallashuvga muvofiq biologik fanlar strukturasi ham murakkablashdi. Biz bilamizki bioximiya va molekulyar biologiya sohasida tadqiqotlar molekulyar darajada olib borilsa, sitologiya hujayra tuzilishi, funksiyasi va ular strukturalarini o’rganadi, organizmlar tuzilishi va funksiyalari hayvon va o’simliklar anotomiyasi va fiziologiyasi fanining o’rganish predmetidir. Ayni vaqtda atrof muhit bilan barcha tiriklik o’rtasidagi o’zaro aloqalarning ancha umumiy qonuniyatlarini o’rganish bilan ekologiya shug’ullanadi.
Ekologik tadqiqotlar har xil: organizm, populyasiya, jamoa (biosenoz) va ekosistemalar darajasida olib boriladi. Yuqorida sanalgan darajalar tarmoq ekologik fanlar, asosan autekologiya, populyasiyalar ekologiyasi, sinekologiya (jamoalar ekologiyasi) va ekosistemalar ekologiyasini shakllanishiga olib keldi. Populyasiyalar ekologiyasi bizga ancha umumiy hisoblangan populyasiyalar biologiyasini bir qismini o’zlashtirish imkoniyatini beradi.
Populyasiyalar biologiyasini yana bir qismi ,,Populyasiyalar genetikasi’’ hisoblanib, u populyasiyalarda genotiplar chastotasi va mikroevolyusion jarayonlarni o’rganuvchi fandir.
Populyasiyalar ekologiyasini asosiy predmeti populyasiyalar strukturasi va dinamikasi hamda ularni belgilovchi omillar hisoblanadi. Shunga bog’liq ravishda populyasiyalar ekologiyasining asosiy maqsadi yoki u javob beradigan savollar quyidagi ma’noni kasb etadi:
1. Nima uchun u yoki bu organizmlar ayni vaqtda bu joyda uchraydi, boshqa joyda emas?
2. Nima uchun mazkur organizmlar miqdori yoki biomassasi aynan shunday, boshqacha emas?
3. Agar individlar soni va biomassasi vaqt o’tishi bilan o’zgarsa, nima uchun aynan shunday, boshqacha emas?
Bu savollarga javob berish ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhimdir, chunki bu yovvoyi va uy hayvonlari populyasiyalaridan foydalanishi hamda yo’qolib ketayotgan turlarni saqlab qolish chora-tadbirlarini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling