Kimyo fani chuqurlashtirilib o`qitiladigan ta`lim muassasalarida kimyo o`qitish metodikasining ahamiyati
Download 439.82 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rgazmalilik
Reja: Kimyo fani chuqurlashtirilib o`qitiladigan ta`lim muassasalarida kimyo o`qitish metodikasining ahamiyati Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Masalan, CO 2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish; Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim. O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim. Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:
O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan foydalanishi- bu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar. Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak. -Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi. Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng muhim sohasi bo`lib hisoblanadi. Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi. Download 439.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling