Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar


Download 143.5 Kb.
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi143.5 Kb.
#220057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari namunaviydoc (6)

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari” fanini o‘zlashtirish jarayonoda amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- optic spektroskopiya turlaridan bo‘lgan ultrabinafsha va infraqizil spektroskopiyalarning fizik ma’nolari, Lambert-Ber qonuni, va parametrlari bilan madda tuzilishi o‘rtasidagi bog’liqliklarni;

- radiospektroskopiyaning turlari bo‘lgan yadro magnit rezonans va electron-paramagnit rezonanslarning fizik ma’nosi, Blox formulasi, parametrlari va ularning qiymatlarini;

- mass-spektroskopiya asoslari, ionlanish usullari, molekulyar ion, bo‘lakli ionlar, qayta guruhlanuvchi ionlar vaularning hosil bo‘lish sharoitlarini bilishlari kerak.

- Elektron o‘tish turlari, gipsoxrom va bataxrom siljishlar, ularga ta’sir etuvchi omillar;

- tebranish turlari, chastota qiymatlariga ta’sir etuvchi omillar;

- molekulaning geometrik izomerlarini chastota qiymatlari asosida aniqlash;

- kimyoviy siljish qiymatiga ta’sir etuvchi omillar;

- spin-spinlarning o‘zaro ta’sir konstantasi qiymati yordamida molekulaning fazoviy tuzilishini aniqlash;

- mass-spektrometrlarning ionlarni aniqlash qobiliyati;

- metastabil ionlarning hosil bo‘lish sharoitlari;


    1. Fanning o‘quv rеjadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan kеtma-kеtligi

“Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari” fani o‘quv rejasidagi “Kvant kimyo”, “Modda tuzilishi”, “Organik kimyo”, “Noorganik kimyo”, “Polimerlar kimyosi», “Analitik kimyo”, “Fizika” fanlari bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, talabalar ushbu fanlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak, shuning uchun bu fan yuqoridagi fanlardan keyin o‘qitiladi.

“Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari” fanidagi mavzular uslubiy ketma-ketligida har bir uslubning kimyoda ishlatilishi tarixi, uning rivoji etiborga olingan.



    1. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

“Kimyo fanining ilmiy va texnologik yutuqlari” faninig ishlab chiqarishda ishlatilishi keng ko‘lamli hisoblanadi, jumladan oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning yagona standartligini aniqlashda, dori vositalarini standartlashda, sanoat chiqindilarining tarkibini aniqlashda va ekologik muammolarni xal qilishda ishlatiladi.

    1. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pеdagogik tеxnologiyalar

Fan dasturidagi mavzularni o‘qitishda «Aqliy hujum», “Klaster”, “bumerangg” kabi zamonaviy pedagogic texnologiyalarning qo‘llanishikeng o‘rin olgan va ushbu fan bo‘yicha eng zamonaviy axborotlarni olishda internet tizimi katta yordam beradi.


Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling