Tabiiy fanlar fakulteti
dekani: ___________________________________ M.M.Ergashev
Oʻquv-uslubiy boshqarma
boshligʻi _______________________________ I.Xudoyberdiyev
Fan/modul kodi
FIKB216
|
Oʻquv yili
2021-2022
|
Semestr
3-4
|
ECTS - Kreditlar
16
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Taʻlim tili
O’zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
8; 8
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Fizikaviy kimyo
|
240
|
240
|
480
|
Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad – fizikaviy kimyoning asosiy tushunchalari bilan tanishtirish va kimyoviy termodinamika, fazaviy muvozanatlar, eritmalar termodinamikasi, elektrokimyo, kimyoviy kinetika va kataliz, statistik termodinamika va nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi boblaridagi nazariyalar, qonun va qonuniyatlar boʻyicha mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirish hamda laboratoriya mashgʻulotlarida nazariy va tajribaviy bilimlarni mustahkamlash.
Fanning vazifasi – termokimyo va termodinamikaning matematik apparati va ularni kimyoviy jarayonlarga qoʻllash, termodinamik potensiallar, xarakteristik funksiyalar va kimyoviy potensial, kimyoviy muvozanat termodinamikasi va kimyoviy jarayonlar uchun muvozanat konstantalarini va termodinamik funksiyalarni hisoblash, birinchi va ikkinchi tur fazaviy oʻtishlarni ifodalovchi tenglamalarni amaliyotda qo’llash, qattiq qotishmalarni termik analiz qilishni va turli komponentli sistemalar uchun holat diagrammalarini tuzishni va fazalar qoidasini qoʻllab tahlil qilish, jarayonning yoʻnalishi va muvozanat meʻzonlari, eritmalarning termodinamik nazariyalari va qonunlarini tahlil qilish, elektrolit eritmalari nazariyalari, elektrodlarning sinflanishi, elektrod potensial, galvanik elementlar, elektr yurituvchi kuch, elektr oʻtkazuvchanlik, elektrod jarayonlarning kinetikasi va termodinamikasi va korroziya tushunchalari, kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va kataliz jarayonlari, reaksiyalarning mexanizmi, statistik termodinamika postulatlari, termodinamik ehtimollik, Bolsman tenglamasi, holatlar boʻyicha summa (yug’indi) va Bolsman qonuni, nomuvozanat jarayonlarning tasniflanishi va postulatlari, kompensatsiyalanmagan issiqlik, Onzagerning oʻzarolik munosabati, chiziqsiz nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi tushunchalari va postulatlari, Prigojin teoremasi, sinergetika masalalari boʻyicha bilim berish, amaliy koʻnikma va malaka hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |