II. Asosiy nazariy qism (maʻruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Fizikaviy kimyoga kirish. Termodinamikaning rivojlanish bosqichlari, vazifalari, qoʻllanilish chegaralari va rivojlanish istiqbollari.
2-mavzu. Termodinamikaning asosiy tushunchalari. Termodinamikaning matematik apparati.
3-mavzu. Ideal gaz qonunlari. Puasson tenglamalari.
4-mavzu. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistemaning ichki energiyasi. Sistemaning energetik balansini tuzish. Termik va kalorik koeffitsientlar.
5-mavzu. Termokimyo. Entalpiya. Gess qonuni va undan kelib chiqqan xulosalar.
6-mavzu. Kirxgoff qonuni. Issiqlik sigʻimi, iteratsion tenglamalar. Reaksiya issiqlik effektining temperaturaga bogʻliqligi.
7-mavzu. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Karateodori prinsipi va Karno sikli.
8-mavzu. Entropiya tushunchasi. Entropiyaning turli jarayonlarda oʻzgarishi.
9-mavzu. Jarayonning yoʻnalishi va muvozanat meʻzonlari. Izolyatsiyalangan, yopiq va ochiq sistemalarda jarayonning oʻz-oʻzidan borish meʻzonlari va muvozanat shartlari.
10-mavzu. Termodinamik potensiallar va xarakteristik funksiyalar. Erkin energiya va bogʻlangan energiya tushunchalari.
11-mavzu. Kimyoviy potensial. Izobar-izotermik potensialning alohida hususiyatlari va universalligi.
12-mavzu. Kimyoviy muvozanat termodinamikasi. Kimyoviy reaksiyaning izotermik, izobarik va izoxorik tenglamalari. Muvozanat konstantalari.
13- mavzu. Termodinamikaning uchinchi qonuni. Issiqlik sigʻimi tushunchasining kvant mexanik nuqtai nazardan ifodalanishi. Bertlo prinsipi.
14-mavzu. Nernst teoremasi va Plank postulati. Muvozanat konstantalarini termodinamik funksiyalar yordamida hisoblash usullari.
15-mavzu. Fazaviy muvozanatning asosiy qonuni. Uzluksizlik va muvofiqlik prinsiplari.
16-mavzu. Birinchi tur fazaviy oʻtishlar. Klapeyron-Klauzius tenglamalari. Bugʻlanish, suyuqlanish va sublimatlanish issiqliklarini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |