3-Tajriba
a-BROMNAFTALIN
Reaktivlar.
Naftalin 16 g (0,12 mol’)
Brom 6,3 ml yoki 20 g (0,12 mol’)
Kal’tsiy xlorid
200 ml sig’imli stakanga 30 ml suv bilan 16 g maydalangan naftalin solib, 40-50°S gacha suv hammomida qizdiriladi va unga tomizgich voronkaning uchi stakan tagiga tushirib turilgan holda aralashtirib turib brom quyiladi. Brom tomchilatib bo’lingandan so’ng ham aralashtirishni bromning rangi o’chib ketguncha davom ettirish kerak. a-BROMNAFTALIN
Reaktivlar.
Naftalin 16 g (0,12 mol’)
Brom 6,3 ml yoki 20 g (0,12 mol’)
Kal’tsiy xlorid
200 ml sig’imli stakanga 30 ml suv bilan 16 g maydalangan naftalin solib, 40-50°S gacha suv hammomida qizdiriladi va unga tomizgich voronkaning uchi stakan tagiga tushirib turilgan holda aralashtirib turib brom quyiladi. Brom tomchilatib bo’lingandan so’ng ham aralashtirishni bromning rangi o’chib ketguncha davom ettirish kerak. Hosil bo’lgan og’ir moysimon suyuqlik ajratkich voronka yordamida ajratib olinib, 150-200 ml sig’imli kolbada suv bug’i bilan 60-70 ml atrofida distillat yig’ilguncha haydaladi. Bunda reaktsion kolbani moy hammomida 145-150°S da qizdirib turilish lozim. Suv bug’i bilan haydalganda reaksiyaga kirishmay qolgan naftalinning ko’p qismi o’chib ketadi.
Kolbada qolgan qoldiqni kal’tsiy xlorid bilan quritib, vakuumda 132-135°S (12 mm sim.ust.) yoki 145-148°S (20 mm sim.ust.) da haydaladi.
a-bromnaftalin oddiy sharoitda sarg’ish suyuqlik bo’lib, qaynash temperaturasi 2810S; q 1,4865; q 1,6582. Miqdori 13 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |