Kimyo kafedrasi nizomi
II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
Download 87 Kb.
|
2023 yi Nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Kafedra mudirining vazifalari
II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
6. Kafedra kamida yetti nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori va (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Ph.D) ga ega bo‘lganda tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralari esa kamida nafar professor-o‘qituvchi mavjud bo‘lib, odatda, ulardan kamida ikki nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Bulardan istisno holatlar bo‘yicha kafedralarni tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 7. Kafedra fakul’tet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori)ga bo‘ysunadi. 8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi. 9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Ph.D)ga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi Kengashida tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi. 10. Kafedra mudiri bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshq.) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakul’tet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tavsiyasiga ko‘ra rektor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi. III. Kafedra mudirining vazifalari 11. Kafedra mudiri: -bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi; -oliy ta’lim muassasasi miqiyosida kafedra faoliyatiga talluqli masalalar muhokamasi va hal etililishida ishtirok etadi; -kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi; -kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi; -ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi; -kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarlarni yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rektoriga takliflar kiritadi; -oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi; -belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi. Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani (yoki oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadi. Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha vazifalar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling